Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

2025-yil 4-dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi.

Mazkur anjumanda ikki davlat taʼlim vazirliklari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek, 25 dan ortiq yetakchi universitet rektorlari va delegatsiyalari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_forum #Koreya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5🔥1
#dayjest #qalqon_faoliyati

Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati davom etmoqda

🔵Toshkent davlat transport universiteti;

🔵Nukus davlat texnika universiteti;

🔵Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🔵Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔵Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔵Namangan davlat pedagogika instituti;

🔵Guliston davlat universiteti;

🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti;

🔵Farg‘ona davlat universiteti;

🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

🔵Qarshi davlat universiteti;

🔵Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🔵Termiz davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🔵Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🔵Toshkent xalqaro universiteti;

🔵Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🔵Guliston davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;

🔵Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti;

🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔵Buxoro davlat texnika universiteti;

🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱5👍3❤1
Forwarded from Hilola Umarova
#Xorazm

Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.

Keyingi manzillarimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari bo‘ldi.

O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.

Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik.

Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi.

@hilola_umarova
❤20😁2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_33

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.

Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-bob 37-modda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4
#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😱156👍58❤54😁10🎉5