Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5–6-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Universitet tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazish va ularni munosib taqdirlashga, balki xalqaro do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lmoqda.

Olimpiadada yurtimiz hamda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya kabi davlatlarning 60 dan ziyod tibbiyot oliygohlaridan 500 dan ortiq talabalar, shuningdek, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2577471

Video: https://youtu.be/JTaipKB5xjs

#xalqaro_olimpiada #tibbiyot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2❤19👍15
#talabaga_qulaylik

TerDUda 800 oʻrinli zamonaviy TTJ foydalanishga topshirildi

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan barpo etilgan 9 qavatli, 800 oʻrinli zamonaviy talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Viloyat hokimi, masʼullar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda oliy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, yoshlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, farovonlik sari tashlanayotgan dadil qadamlar alohida eʼtirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤33👍16🎉5👏3
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

Halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelajagimiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan avlodni tarbiyalaylik!

Keling, ilm-fan qudratini yuksaltirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda birgalikda faol hissa qo‘shaylik.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤12😁5🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz zoʻravonlikka qarshimiz!

Jamiyatimizda uchrab turadigan zoʻravonlik holatlariga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etuvchi mazkur video-rolik Osiyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan.

Rolik orqali yoshlarda har qanday zoʻravonlikka “yoʻq” deyish madaniyatini shakllantirish koʻzda tutilgan.

#Zoʻravonlikka_qarshi
#16_kunlik_faollik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4🔥2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xonanda Konsta yoshlarni giyohvandlikka qarshi kurashga chorlamoqda

#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍10🤔4😱3🔥2
ERASMUS+ “LESLIE” loyihasining 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlari belgilab olindi

Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida ERASMUS+ “LESLIE” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yevropa va Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari hamda O‘zbekiston nomidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda loyiha bo‘yicha oraliq natijalar muhokama qilinib, 2026-yil amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109162

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍5🔥1
#Olimlar_minbari
#01-07.12.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“O‘zaro ishonchga asoslangan yangilanish jarayonlari” — G‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi;

“
Innovatsion faoliyatni raqamlashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yechimi” — Asror NOROV, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi;

“Xalqchil tibbiyot tizimini yaratish yo‘lidagi dadil qadam” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Raqamli transformatsiya yo‘lida qat’iy qadam” — Baxtiyor MAXKAMOV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

“Uchinchi renessansga poydevor ilm-ma’rifat ustiga quriladi” — Qahramon SHONAZAROV, Toshkent amaliy fanlar universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori;

“Kelajak sarmoyasi yoki isrof va dabdabaning yashirin iqtisodiy kishanlari” — Abdug‘affor JO‘RAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

«Обновление образования: создавая возможности для трудоустройства молодежи» — Ширин РАХИМОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Ilm erkinligidan mosuvo jamiyat taraqqiyotdan ortda qoladi” — Dilshod RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori;

“Idrok va shuur baxsi sun’iy intellekt ustoz o‘rnini to‘la bosa oladimi?” — Qamariddin KOMILOV, texnika fanlari nomzodi, dotsent;

“Atrof-muhit muhofazasi: davlat siyosatining huquqiy kafolati” — Asliddin NURIDULLAYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent;

«Узбекистан формирует новую систему экологического управления» — Азамат БЕРДИМУРАТОВ, преподаватель кафедры международного права и прав человека ТГЮУ.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🤔3
#Eʼtirof

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari qatorida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari ham mukofotlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, malakali mutaxassislar tayyorlashdagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.


Ular orasida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.

Jumladan:

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan


Yormatova Dilarom — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri;

Xolmirzayev Dustmuxammad — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori.

🏅“Kelajak bunyodkori” medali bilan


Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘li — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti.

🏅“Shuhrat” medali bilan


Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna — Toshkent davlat agrar universitetining umumiy zootexniya va zootexnologiyalar kafedrasi professori.

Ushbu yuksak e’tirof mehnatsevar va fidoyi mutaxassislarga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning ifodasidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2