Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy taʼlim tashkilotlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

2025-yil 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti rektorlari va prorektorlarining 2025-yil faoliyati natijalari va 2026-yil uchun belgilangan istiqbolli rejalari boʻyicha taqdimoti bilan tanishdi.

Muhokama davomida oliy taʼlim muassasalarida 2026-yilda oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, raqamlashtirishni jadallashtirish, taʼlim sifati ва oʻqituvchilar salohiyatini oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini koʻtarish, fan–taʼlim–ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ва tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish ва investitsiyalarni jalb etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥9😁8🤔3😱3
#Grant

📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

⏳Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2026-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 200 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109534

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍10🤔2
O‘zbekiston-Janubiy Koreya: startap ekotizimini rivojlantirish hamda venchur moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Koreya Respublikasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norov, Suncheon Milliy universiteti faxriy professori Seungju Baek, shuningdek, “Korea Development Institute” (KDI) vakillari qatnashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109737

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_hamkorlik #Koreya #bitim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5👏1🤔1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Xalqaro donor tashkilotlar bilan 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

Kasbiy ta’lim agentligi tashabbusi bilan xalqaro hamkor tashkilotlar bilan tizimga oid islohotlarning yil yakuni bo’yicha hisobot yig‘ilishi o’tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov va xalqaro donor tashkilotlarning 30dan ortiq vakillari qatnashdi.

Anjumanda:
👉tizimni modernizatsiya qilish;
👉ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
👉 dual taʼlim
qamrovini oshirish;
👉 o’quvchilarga stipendiya to‘lashni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro donor tashkilotlar o‘tgan davr mobaynida tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar bo’yicha taqdimot o’tkazdi.

Bizni kuzating
📱 Telegram   | 🌐  Instagram
👍12❤3👏1🤔1
O‘zbekiston va Koreya ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

“Koreya-O‘zbekiston universitet rektorlarining II forumi” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov Koreya Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Pak Son Min hamda Koreya universitetlar kengashi raisi, Chonbuk milliy universiteti rektori Yan O Bon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

➖Koreya Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Pak Son Min bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha O‘zbek-Koreya markazi”ni tashkil etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

➖Koreya universitetlar kengashi raisi, Chonbuk milliy universiteti rektori Yan O Bon bilan o‘tgan suhbat davomida sohaga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari bilan aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #koreya #muzokara

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍7😁1
Narkojinoyatlarga aloqador o‘quvchi va talabalar haqida anonim xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha maktab va oliy ta’lim tashkilotlarida ichki ishlar organlari tomonidan muhrlangan maxsus qutilar o‘rnatiladi va tushayotgan xabarlarni tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
———

В целях создания возможности для анонимного сообщения о учащихся и студентах, причастных к наркопреступлениям, во всех школах и высших учебных заведениях будут установлены специальные опечатанные ящики, размещаемые органами внутренних дел, и будет налажена система проверки поступающих обращений.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤12🤔1