Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Qarshi davlat texnika universiteti va “TAT-COLA” xorijiy korxonasi oʻrtasida dual taʼlim yoʻlga qoʻyildi.

10-dekabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova, Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov va “TAT COLA” MChJ xorijiy kompaniyasi rahbari Ahmadshoh Mohammadi ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumda oʻquv-ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayonini integratsiyalash, hamkorlikda dual taʼlim va haq toʻlanadigan amaliyot ishlarini bajarish, buning uchun universitet kafedralarining filialini “TAT COLA” xorijiy korxonasida ochish uchun sharoitlar yaratish kabi maqsadlar oʻz ifodasini topgan.

Tadbir ishtirokchilari hamda talabalar xorijiy korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

#hamkorlik #dual_taʼlim #memorandum

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍11🤔1
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2😱1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi Germaniya standartlari asosida yo‘lga qo‘yilmoqda

Germaniya tashqi savdo-sanoat palatasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Kasbiy ta’lim” ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, dual ta’lim modeli imkoniyatlari, shuningdek Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) bazasidagi pilot loyiha bo‘yicha taqdimotlar qilindi. Jumladan O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari mavzusida ma’ruza qilindi.

Yig‘ilish doirasida “Skills Experts” dasturi, OKMK bilan hamkorlikdagi tajriba loyihasi, Olmaliq kon-metallurgiya texnikumining roli va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzolash marosimi ham o‘tkazildi.

#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

📱 Telegram | 📱 Instagram
❤12👍2
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni”


9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, talabalar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, vazirlikning 2025-yilga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy tizim va mexanizmlar, shuningdek, ochiqlik indeksi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110031

#OchiqEshiklarKuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3