Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni”


9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, talabalar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, vazirlikning 2025-yilga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy tizim va mexanizmlar, shuningdek, ochiqlik indeksi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110031

#OchiqEshiklarKuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3
#oliygohlar #taqdimot

Oliy taʼlim tashkilotlarining hisobot va reja taqdimotlari davom etmoqda

11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun moʻljallangan strategik rejalarini koʻrib chiqdi.

Taʼlim jarayonini global iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalariga moslashtirish, raqamli boshqaruv tizimlarini kompleks joriy etish, taʼlim sifatini baholashning ilgʻor mexanizmlarini shakllantirish hamda professor-oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyasini barqaror oshirish masalalari uchrashuvda atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish va innovatsion loyihalar portfelini kengaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Texnik va muhandislik yoʻnalishlarining dolzarbligini inobatga olgan holda, yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish, talabalar amaliyotini real sektor bilan tizimli integratsiya qilish, xalqaro ilmiy-taʼlim loyihalari investitsion resurslarini jalb etish boʻyicha ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍4😱3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Giyohvandlik – kelajakka tahdid

Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin?

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-dekabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet (4/64);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet (4/64);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;

🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojiasi!

Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch.

©️Soliq qo‘mitasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiridan

#OchiqEshiklarKuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍8🔥1👏1