Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#oliygohlar #taqdimot

Oliy taʼlim tashkilotlarining hisobot va reja taqdimotlari davom etmoqda

11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun moʻljallangan strategik rejalarini koʻrib chiqdi.

Taʼlim jarayonini global iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalariga moslashtirish, raqamli boshqaruv tizimlarini kompleks joriy etish, taʼlim sifatini baholashning ilgʻor mexanizmlarini shakllantirish hamda professor-oʻqituvchilarning kasbiy kompetensiyasini barqaror oshirish masalalari uchrashuvda atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish va innovatsion loyihalar portfelini kengaytirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Texnik va muhandislik yoʻnalishlarining dolzarbligini inobatga olgan holda, yetakchi ishlab chiqarish korxonalari bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish, talabalar amaliyotini real sektor bilan tizimli integratsiya qilish, xalqaro ilmiy-taʼlim loyihalari investitsion resurslarini jalb etish boʻyicha ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍4😱3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Giyohvandlik – kelajakka tahdid

Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin?

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-dekabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet (4/64);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet (4/64);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;

🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojiasi!

Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch.

©️Soliq qo‘mitasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiridan

#OchiqEshiklarKuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍8🔥1👏1
#dayjest #mening_madhiyam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va maxsus so‘rovnomalar tashkil etildi

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

➖ Andijon davlat pedagogika instituti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖ Alfraganus universiteti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ TATU Samarqand filiali;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

➖ Qarshi davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Guliston davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Namangan davlat chet tillari instituti;

➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Qo‘qon davlat universiteti;

➖ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Qarshi davlat texnika universiteti;

➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

➖ Milliy estrada san’ati instituti;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖“University of Business and Science” Toshkent filiali.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🔥2🎉1
Millat genofondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: JIDU’da giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish va ularning mas’uliyatlilik madaniyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109964

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥3👏2
#ilm_fan
#Olima_ayollar

Ilm-fanda xotin-qizlar

So‘nggi yillarda yurtimizda ilm-fan va taʼlim, xususan, oliy taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida xotin-qizlar uchun imkoniyatlar tobora kengaymoqda.

🗣Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak:
🔤Bugungi kunda respublikada jami 15 926 nafar (umumiy izlanuvchilarning 47,8 foizi) xotin-qizlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olmoqda;

🔤Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvota bo‘yicha doktoranturada (DSc) – 379 nafar, tayanch doktoranturada (PhD) – 6 551 nafar hamda stajyor-tadqiqotchi sifatida 165 nafar xotin-qizlar tahsil olmoqda;

🔤Shuningdek, joriy yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratilgan kvota bo‘yicha doktoranturaga (DSc) – 183 nafar, tayanch doktoranturada (PhD) – 2 833 nafar hamda stajyor-tadqiqotchi sifatida 165 nafar xotin-qizlar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilingan;

🔤Mustaqil izlanuvchi sifatida tahsil olayotgan xotin-qizlar soni 8 831 nafarni (DSc-1 341, PhD-7 490) tashkil etmoqda;

🔤2022-yildan buyon o‘tkazilayotgan “Olima ayollar” tanloviga 2022-2025-yillar davomida 1612 ta loyiha talabnomasi taqdim etilgan. Shulardan umumiy qiymati 127,3 mlrd. so‘m miqdoridagi 156 ta loyiha saralab olingan va moliyalashtirilgan.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2