Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 15–17-dekabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Unda soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, ijtimoiy axloq, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi, milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish masalalari yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

#malaka_oshirish #maʼnaviyat #davlat_dasturi_mazmuni

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14😁5👍2🔥1🤔1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

O. Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍122❤13😁5🎉3🔥2
Namangan davlat texnika universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

16-dekabr kuni Namangan davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Otabek Bozorov, vazirlik hududiy boshqarmasi vakillari va universitet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hukumat qaroriga asosan Namangan davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Oybek Ergashev rasmiy ravishda jamoaga tanishtirildi.

Soʻzga chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, tajribasi va boshqaruv qobiliyatini taʼkidlab, unga masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤22🔥5
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Baxtiyor Alimovich Po‘latov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori etib tayinlandi.

B.Po‘latov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍19🔥8😁2
#oliygohlar #taqdimot

Oliy ta’lim muassasalari faoliyati va 2026-yil ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi


16-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirokida qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun belgilangan strategik rejalari muhokama qilindi.

Muhokamada Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Guliston davlat universiteti rahbarlari o‘z ta’lim muassasalarining 2025 yilgi faoliyati yakunlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111324

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤17👏4🤔1