Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #korrupsiya

Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda

🔵 Samarqand davlat pedagogika institutida “Pora” - korrupsiya kushandasi” nomli spektakl namoyish etildi;

🔵 Termiz davlat universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi;

🔵 Namangan davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!” mavzusida videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi;

🔵 O‘zbekiston Milliy universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi;

🔵 Urganch davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi;

🔵 O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi;

🔵 Jizzax davlat pedagogika universitetida “Korrupsiya — taraqqiyot yo‘liga to‘siq” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi;

🔵 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

🔵 Namangan davlat texnika universitetida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi;

🔵 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya - kelajakka tahdid!” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi;

🔵 Andijon davlat pedagogika institutida “Korrupsiya — xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi;

🔵 O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi;

🔵 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusidagi tanlov o‘tkazildi;

🔵 Guliston davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”  heshtegi ostida chorlov o'tkazildi;

🔵 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida chellenj o‘tkazildi;

🔵 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ”Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi o‘tkazildi;

🔵 Qarshi davlat texnika universitetida ”Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi;

🔵 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

🔵 Qo‘qon davlat universitetida “Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi;

🔵 Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ”Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq” davra suhbati oʻtkazildi;

🔵 Buxoro davlat texnika universitetida stop korrupsiya chellenji oʻtkazildi;

🔵 Qarshi davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi;

🔵 Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi;

🔵 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

🔵 Jizzax politexnika institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6😁3🔥2
Hurmatli fuqarolar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.

Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.

Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.

📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy

☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍4🔥2
#Voleybol #Taqdirlash

Voleybol bo‘yicha respublika musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi


Buxoro shahrida voleybol sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati doirasida final uchrashuv o‘tkazildi.

Qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi yakuniy natijalari:
🥇
1-o‘rin — Buxoro viloyati
🥈2-o‘rin — Xorazm viloyati
🥉3-o‘rin — Jizzax viloyati

Yigitlar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati yakuniy natijalari:
🥇1-o‘rin — Buxoro viloyati
🥈2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🥉3-o‘rin — Navoiy viloyati


Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet jamoasi, sport mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍10🔥3
#Xalqaro_hamkorlik #ECOSF

Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi


17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ECO Science Foundation (ECOSF) prezidenti Sayyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.

Suhbat davomida a’zo davlatlar bilan hamkorlikda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston hududida ilmiy forumlar, yozgi va qishki maktablar, “workshop”lar o‘tkazish hamda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi va transport logistikasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/111784

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2