Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Tokio shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti boshlandi.
—
В Токио начался первый саммит Диалога «Центральная Азия + Япония» с участием Президента Шавката Мирзиёева.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤23👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida nutq so‘zladi.
—
Глава нашего государства выступил на первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤15👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida
Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.

“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.

Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥5👍1
Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan

Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov Yaponiyaning yirik sanoat va qurilish korxonalari — Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi.

Mazkur kompaniyalar global miqyosda faoliyat yurituvchi yirik tashkilotlar boʻlib, Daito Trust Construction — yillik aylanma mablagʻi 11,5–12 mlrd AQSH dollari, Daiwa House — dunyo boʻylab 26 ta ofisga ega, yillik aylanma mablagʻi 35–36 mlrd AQSH dollari, Mitsui Sumitomo esa 41 ta ofisga ega boʻlib, yillik aylanma mablagʻi 25–30 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi.

Muzokaralar davomida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.


Shuningdek, rektor Daito Trust Construction kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashib, ularning mehnat faoliyati va kasbiy rivoji bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤8
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya bilan taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalarida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda yetakchi universitetlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Yaponiya bilan taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Yaponiya tajribasi — “iqtisodiy moʻjiza”ning asosi taʼlim, fan va inson kapitaliga investitsiya ekani alohida qayd etildi.

✅2,8 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talaba hozirda Yaponiya universitetlarida tahsil olmoqda.
✅JDS dasturi orqali 440 nafardan ziyod davlat xizmatchilari Yaponiyada oʻqitilgan.
✅Samarqandda oʻtkazilgan Oʻzbekiston–Yaponiya Rektorlar forumi ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida samarali hamkorlik platformasiga aylangan.


Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida:

✅sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar,
✅“yashil” energetika va barqaror rivojlanish,
✅qishloq va suv xoʻjaligi,
✅seysmologiya va “aqlli shahar” texnologiyalari belgilandi.


O‘zbekistonda Sukuba universiteti bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi.

Taʼlim va fan boʻyicha qoʻshma komissiya, innovatsiyalar boʻyicha konsorsium tuzish taklif qilindi.

Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun “yoʻl xaritasi” qabul qilinishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyaning yetakchi universitetlari rektorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялась встреча с ректорами ведущих университетов Японии.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤12👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parasport

Farg‘ona davlat universiteti talabasi: ota o'rnida otalik qilgan ustozlarim tufayli chempion bo'ldim


Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy yilning 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Muzrob G‘aniyev para yengil atletikaning nayza uloqtirish turi bo‘yicha yuksak natija qayd etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Muzrob G‘aniyev 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍11
#dayjest #giyohvandlik

Oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda

➡️Farg‘ona davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

➡️Qoraqalpoq davlat universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi;

➡️Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogoh etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi;

➡️Andijon davlat texnika institutida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️O‘zbekiston Milliy universitetida giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlik mavzusida ijtimoiy videorolik tayyorlandi;

➡️Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi;

➡️Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent farmatsevtika institutida “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Giyohvandlik va kiberjinoyatga qarshi kurashish immuniteti” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohliklarini oshirish” bo‘yicha profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalarning savdosini oldini olish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʻtkazildi;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatilaridan ogohlantiruvchi videorolik tayyorlandi;

➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop mahsulotlarining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida maxsus ogohlantirishlar o‘rnatildi va talaba-yoshlar o‘rtasida chellenj o‘tkazildi;

➡️Termiz davlat pedagogika institutida “Hayot ranglari – giyohvandliksiz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi;

➡️O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi;

➡️Guliston davlat universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” heshtegi ostida chorlov o‘tkazildi;

➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarda hushyorlik va mas’uliyat hissini oshirish maqsadida “Giyohvandlikka – Yo‘q deymiz!” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2