Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #giyohvandlik

Oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda

➡️Farg‘ona davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

➡️Qoraqalpoq davlat universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi;

➡️Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogoh etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi;

➡️Andijon davlat texnika institutida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️O‘zbekiston Milliy universitetida giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlik mavzusida ijtimoiy videorolik tayyorlandi;

➡️Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi;

➡️Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent farmatsevtika institutida “Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi;

➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Giyohvandlik va kiberjinoyatga qarshi kurashish immuniteti” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohliklarini oshirish” bo‘yicha profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi;

➡️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Giyohvandlik vositalari va psixatrop moddalarning savdosini oldini olish hamda narkojinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʻtkazildi;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan giyohvandlikning salbiy oqibatilaridan ogohlantiruvchi videorolik tayyorlandi;

➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop mahsulotlarining tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida maxsus ogohlantirishlar o‘rnatildi va talaba-yoshlar o‘rtasida chellenj o‘tkazildi;

➡️Termiz davlat pedagogika institutida “Hayot ranglari – giyohvandliksiz” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi;

➡️O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi;

➡️Guliston davlat universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” heshtegi ostida chorlov o‘tkazildi;

➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarda hushyorlik va mas’uliyat hissini oshirish maqsadida “Giyohvandlikka – Yo‘q deymiz!” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2
“Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
В резиденции «Кантэй» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤10👍3
#sport

Vazirlik va idoralar oʻrtasidagi “Gimnastika barcha uchun!” shiori ostida oʻtgan Prezident Kubogi sport musobaqasining Respublika bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi vazirlikning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍45🤩37🔥36❤35🥰34
Toshkentda birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universiteti tashkil etiladi

Tokioda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasi anʼanaviy ravishda ushbu koʻp qirrali munosabatlarning muhim qismi sanaladi.

Yoshlarga kelgusida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashiga keng imkoniyatlar taqdim etayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Davlatlararo hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekistondagi 7 ta oliy taʼlim muassasasida yapon tili oʻqitilmoqda. Tokio chet tillar universitetida mana 10 yildirki, oʻzbek tili oʻrganilmoqda.

Rektorlar forumi kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda. Bugun Yaponiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Hamkorlik dasturlari, ilmiy va innovatsion almashinuvlarni kengaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Sukuba universiteti bilan birgalikda Toshkent shahrida birinchi Oʻzbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yakunda Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5😱2