Forwarded from Zamin Foundation
Yerlarning tanazzulga uchrashi insoniyatning eng jiddiy ekologik muammolaridan biri bo‘lib, undan Yer yuzidagi quruqlikning 40 foizi va 3,2 milliard kishi aziyat chekmoqda.
Markaziy Osiyoda umumiy yer maydonining qariyb 37 foizi degradatsiyaga uchragan bo‘lib, bu oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari va iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 26 foizga yetgan: sho‘rlanish darajasi ortmoqda, tuproqdagi gumus miqdori va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamaymoqda.
Muammoning jahon miqyosidagi dolzarbligini hisobga olib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va "Zamin" fondi ko‘magida "Ona Yer nidosi" hujjatli filmi suratga olindi va 4-dekabr kuni Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar doirasida FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor jamoatchilikka namoyish etildi.
O‘zbekistonda ushbu filmning premyerasi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi. Bu film kamdan-kam hollarda kadrda ko‘rinadigan, ammo har kuni yer bilan ishlaydigan odamlar — fermerlar, agronomlar, olimlar haqida.
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi talabalar bilan samimiy suhbatda tuproq degradatsiyasi muammolarini muhokama qildi, bo‘lajak mutaxassislarning g‘oya va takliflarini diqqat bilan tinglab, ekologik jarayonlar mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi uchun qanchalik xavfli ekanini ta’kidladi.
Ziroat Mirziyoyeva eko-maktab o‘quvchilari va talabalar bilan birgalikda tuproqning qadr-qimmati, uni dehqonlarning ko‘p asrlik tajribasi, barqaror amaliyotlar va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali asrab-avaylash bo‘yicha fermer va olimlarning sa’y-harakatlari haqidagi hujjatli filmni tomosha qildilar.
Tadbirda, shuningdek, aloqador vazirlik va idoralar, FAO, BMT, BMTTD, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ), Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), KfW taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Filmni "Zamin" fondining YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.
#HosildorZamin #OnaYerNidosi
Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

❤15😁3🤔3👍2😱2
Toshkentda Oʻzbekiston–Xitoy energetika sohasida “yashil” transformatsiyaga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi
20-dekabr kuni INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida "Oʻzbekiston–Xitoy: Energetika sohasida “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish hamkorligi" mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112587
#xalqaro_hamkorlik
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤11🔥3👍1😁1
#xalqaro_hamkorlik
Navoiy davlat universitetining 3 ta ta’lim yo‘nalishi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi
Joriy yil 17–19-sentyabr kunlari Germaniyaning ACQUIN tashkiloti tomonidan Navoiy davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.
Xalqaro ekspertlar uch kun davomida universitetning kutubxonalari, infratuzilmasi, laboratoriyalari, registrator xizmati faoliyatini va boshqa tegishli tuzilmalarni belgilangan me’yoriy talablar asosida batafsil o‘rganib chiqdilar.
Ekspertlar o‘z yakuniy xulosalarida ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim sifatining yuqori darajada ekanini alohida e’tirof etishdi hamda “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hech qanday qo’shimcha shartlarsiz (unconditional) to‘liq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganligi e’lon qilindi.

❤21👍16🔥5🎉3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_bayrami_shukuhi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qor shukuhi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qor shukuhi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤37👍25🥰7🔥6🤩5
#xalqaro_hamkorlik
Andijon davlat universitetining 11 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi
Joriy yilning 7–9-sentyabr kunlari Germaniyaning nufuzli ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan Andijon davlat universitetining qator bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Akkreditatsiya jarayoni doirasida bakalavriat bo’yicha “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Fizika”, “Axborot xavfsizligi” va “Iqtisod” ta’lim yo‘nalishlari, magistraturada esa “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” hamda “Axborot xavfsizligi” mutaxassisliklari xalqaro ekspertlar tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Xalqaro ekspertlar universitetning Axborot-resurs markazi, infratuzilmasi, zamonaviy laboratoriyalari, registrator xizmati faoliyati hamda boshqa tegishli tuzilmalarni belgilangan xalqaro me’yoriy talablar asosida atroflicha tahlil qildilar.
Yakuniy xulosalarda ushbu ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim sifati yuqori darajada tashkil etilgani alohida e’tirof etilib, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarining hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz (unconditional) to‘liq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani rasman e’lon qilindi.

❤18👍10👏7😁4