Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi binolarining qurilishini koʻzdan kechirdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #talim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤6🔥5
#tanishtiruv

Yangi tayinlangan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari jamoaga tanishtirildi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirok etdi.

Tadbir davomida Prezidentning tegishli qarori bilan Salomov O‘ktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani e’lon qilinib, jamoaga tanishtirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/115634

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍44❤11👏5🤔3🎉1
#attestatsiya_natija

⚡️Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalari e’lon qilindi


16-dekabr kuni pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va kasbiy taʼlim muassasalarining 4 165 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazildi.

Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.

Imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati: BU YERDA

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialining faoliyati masalalari muhokama qilindi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti rektori Mixail Gordin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muzokaralar davomida Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/115675

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥10❤8