#IELTS
IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
O‘zbekistonda IELTS imtihonining yangi formatiga moslashishda yordam berish maqsadida Examy.uz platformasidan qisqa muddatli bepul foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.
⏳ Foydalanish muddati: 2-yanvardan 7-yanvargacha
Platforma: https://examy.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Mazkur imkoniyat doirasida foydalanuvchilar:
-Listening,
-Reading,
-Writing,
-Speaking.
bo‘limlari bo‘yicha cheklovsiz testlar ishlab, real imtihon muhitida mashq qilishlari mumkin.
⏳ Foydalanish muddati: 2-yanvardan 7-yanvargacha
Platforma: https://examy.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4❤48🔥12👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.
✅ Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich 15–31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2-bosqich 4–28-fevral
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Savolnoma tarkibi:
Jami savollar soni: 71 ta;
Aholiga oid: 54 ta;
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta.
❗️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
✅ Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KorrupsiyasizSoha
Korrupsiya – ko‘rinmas virus
Korrupsiya jamiyat ildiziga urilgan bolta, yoshlarning orzularini so‘ndiradigan jinoyat, halol mehnat qilgan insonning haqqini tortib oladigan adolatsizlikdir. U nafaqat bugunimizni, balki kelajagimizni ham o‘g‘irlaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurash – qonun talabi hamda har birimizning vijdon va fuqarolik burchimizdir.

👍21❤7🔥6🤔1
#diqqat
✔️ 2026-yil 15-yanvardan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi.
Jarayon Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
❗️ Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Jarayon Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
🔴 Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥16👍5👏1
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
- Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

👍28❤10🥰1🤔1
🇺🇿 So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.
🗣 Strategiya loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha savol va takliflaringizni📞 (71) 239-49-38,📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga✉️ info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborish mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍4🔥2
#qabul2026
#akademik_litsey
⚡️2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

2❤86🔥21👏12👍5🎉4
Yangi Oʻzbekiston va oliy taʼlim: xalqaro nigoh
The International Asia Today xalqaro axborot-tahliliy onlayn nashrida “Oʻzbekistonda oliy taʼlimni transformatsiya qilish: kuchli jihatlar, imkoniyatlar va Yangi Oʻzbekiston sari yoʻl” nomli tahliliy maqola chop etildi.
Maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining kuchli jihatlari, mavjud imkoniyatlari va Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga mos keluvchi istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari asoslab berilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
The International Asia Today xalqaro axborot-tahliliy onlayn nashrida “Oʻzbekistonda oliy taʼlimni transformatsiya qilish: kuchli jihatlar, imkoniyatlar va Yangi Oʻzbekiston sari yoʻl” nomli tahliliy maqola chop etildi.
Maqola Malayziya xalqaro islomshunoslik universiteti professori Shukran Abd Rahman, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Shahzod Islomov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi Fazliddin Muminov hammuallifligida tayyorlangan.
Unda global geosiyosiy va texnologik oʻzgarishlar sharoitida inson kapitaliga sarmoya kiritish zarurati, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan yangi konseptual yondashuvlar hamda oliy taʼlim tizimining barqaror iqtisodiy oʻsish va innovatsion taraqqiyotdagi oʻrni tahlil qilingan.
Maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining kuchli jihatlari, mavjud imkoniyatlari va Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga mos keluvchi istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari asoslab berilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5👏5
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
B. Jollibekov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

👏36❤23👍8🔥4🎉1
#soʻragan_edingiz
❓Savol: Qizim maktab bitiruvchisi, bu yil OTMga hujjat topshirmoqchi. Rus maktabda o‘qiydi. Tarix fanidan rus tilida o‘qituvchi topilmagani sababli, hozir o‘zbek tilidagi o‘qituvchiga qatnashyapti. Agar tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olsa, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi? Yoki milliy sertifikat faqat topshirilgan til bo‘yicha (o‘zbek — o‘zbekka, rus — rusga) amal qiladimi?
✅ Javob: Ha, mumkin. Tarix fanidan milliy sertifikat qaysi tilda olinganidan qat’i nazar, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishga to‘sqinlik qilmaydi. Milliy sertifikatda asosiy mezon — fan natijasi, uning topshirilgan tili emas. Shuning uchun tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olgan holda ham rus guruhga hujjat topshirish mumkin.
Shuning uchun ona tili va adabiyot fanidan olingan sertifikat faqat shu til bo‘yicha mos guruhda inobatga olinadi.
Boshqa fanlarda — tarix, matematika, fizika va shu kabi fanlarda — sertifikat tilga bog‘lanmaydi. Ya’ni, bu fanlardan sertifikatni qaysi tilda topshirilgani guruh tanloviga ta’sir qilmaydi.

ℹ️ Muhim izoh:
Milliy sertifikatda til masalasida istisno faqat “Ona tili va adabiyot” faniga taalluqli.
Ona tili va adabiyot bo‘yicha:
— o‘zbek tili va adabiyoti,
— rus tili va adabiyoti,
— qoraqalpoq tili va adabiyoti
alohida fanlar hisoblanadi.
Shuning uchun ona tili va adabiyot fanidan olingan sertifikat faqat shu til bo‘yicha mos guruhda inobatga olinadi.
Boshqa fanlarda — tarix, matematika, fizika va shu kabi fanlarda — sertifikat tilga bog‘lanmaydi. Ya’ni, bu fanlardan sertifikatni qaysi tilda topshirilgani guruh tanloviga ta’sir qilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akkreditatsiya
📣Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
⚡️Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim tashkilotlari kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
🏛 Bitiruvchisi bo‘lgan yoki akkreditatsiya muddati tugagan ta'lim tashkilotlari kompleks davlat akkreditatsiyasidan;
📁 Yangi tashkil etilayotgan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
📥 Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish uchun arizalar accreditation.nqaae.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
✅ Ariza topshirish boʻyicha batafsil ma’lumot video yoʻriqnomada keltirilgan.
☑️ Oliy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📣Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
⚡️Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim tashkilotlari kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍3🔥2👏1
#Olimlar_minbari
#30.12.2025-04.01.2026
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Yurtimiz taraqqiyotining “Yo‘l xaritasi” yoxud davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidan keyingi o‘ylar” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
“Sun’iy intellekt asosida diagnostika. Yurtimiz tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalar izchil qo‘llanilmoqda” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Xalqaro munosabatlar tarixida muhim voqea” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
«Когда патриотизм становится делом» — Мавлюда АБДУЛЛАЕВА, профессор Университета общественной безопасности Республики Узбекистан;
«Юридическое образование Узбекистана: новый этап развития» — Робия ТОШБОЕВА, профессора ТГЮУ;
“Ta’limga kiritilgan sarmoya – kelajak kafolati” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
“Oliy ta’lim islohotlari ishonch va institutsional barqarorlikda yaqqol namoyon” — Aziza BOZORBOYEVA, Farg‘ona davlat universiteti prorektori;
“O‘zbekiston koinot sari: kelajakka qaratilgan strategik tanlov” — Sunnatilla G‘OYIBNAZAROV, Toshkent davlat texnika universiteti dekani;

❤9🔥2
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xoliqulov O‘tkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlandi.
O‘. Xoliqulov tayinlovga qadar Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

👍53❤14👏13🎉9🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi
Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.
🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2
“Zakovat” intellektual o‘yinida talaba yuborgan savoli uchun avtomobil bilan taqdirlandi
“Zakovat” intellektual o‘yinining 25 yillik yubiley mavsumi doirasida o‘tgan yilgi final bahsida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Muhammadjon Maxadaliyev tomonidan yuborilgan savol eng yaxshi savol sifatida e’tirof etildi va u elektromobil krossover bilan taqdirlandi.
Final bahsi uchun Muhammadjon Maxadaliyev Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid mazmunan chuqur va mantiqan puxta savol taqdim etdi. Ushbu savol dolzarbligi, tuzilishi va intellektual darajasi bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ta’kidlash joizki, talaba javobi uchun emas, aynan savol yuborgani uchun mukofotga loyiq ko‘rildi.

👍34👏13❤7😱1
Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga tayanch doktorantlar orasidan munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida saralash tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun stipendiya.edu.uz portali orqali jami 72 ta hujjat kelib tushdi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, 68 nafar talabgorning hujjatlari belgilangan talablarga muvofiq deb topilib, qabul qilindi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2025-yil 23-dekabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlarida 65 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovlari davomida talabgorlarning axborot texnologiyalari, xorijiy tillar hamda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim va malakalari baholandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/116576
#DavlatStipendiyasi #tayanch_doktorantlar

👍16❤9🔥1