Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Zakovat” intellektual o‘yinida talaba yuborgan savoli uchun avtomobil bilan taqdirlandi

“Zakovat” intellektual o‘yinining 25 yillik yubiley mavsumi doirasida o‘tgan yilgi final bahsida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Muhammadjon Maxadaliyev tomonidan yuborilgan savol eng yaxshi savol sifatida e’tirof etildi va u elektromobil krossover bilan taqdirlandi.

Final bahsi uchun Muhammadjon Maxadaliyev Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid mazmunan chuqur va mantiqan puxta savol taqdim etdi. Ushbu savol dolzarbligi, tuzilishi va intellektual darajasi bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ta’kidlash joizki, talaba javobi uchun emas, aynan savol yuborgani uchun mukofotga loyiq ko‘rildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34👏13❤7😱1
Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga tayanch doktorantlar orasidan munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida saralash tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun stipendiya.edu.uz portali orqali jami 72 ta hujjat kelib tushdi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, 68 nafar talabgorning hujjatlari belgilangan talablarga muvofiq deb topilib, qabul qilindi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2025-yil 23-dekabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlarida 65 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovlari davomida talabgorlarning axborot texnologiyalari, xorijiy tillar hamda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim va malakalari baholandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/116576

#DavlatStipendiyasi #tayanch_doktorantlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤9🔥1
#xizmat_safari

Navoiy davlat universitetida 15 gektarlik yangi kampus loyihasi amalga oshirilmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Navoiy davlat universitetining yangidan barpo etilayotgan kampusida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tanishuv davomida universitet rektori kampus binolarining meʼmoriy yechimlari, qurilish jarayonlarining borishi hamda barpo etilayotgan majmuaning umumiy tarhi boʻyicha batafsil maʼlumot berdi. S. Rajabov kampus infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, taʼlim va ilmiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qurilish ishlari sifatini oshirish va belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qator taklif va mulohazalarini bildirdi.


Qayd etilishicha, 15 gektardan ortiq hududda qad rostlaydigan ushbu kampus talabalar uchun zamonaviy taʼlim olish bilan birga, ularning ijodiy salohiyati va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladigan har tomonlama qulay muhit yaratishni nazarda tutadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5❤14👍14🔥3👏3🤔2
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kutilayotgan o‘zgarishlar

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1
#xizmat_safari #Nukus

Qoraqalpog‘istonda yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Yoshlar texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Texnopark huzurida faoliyat yuritayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari, amaliy prototiplari hamda startap tashabbuslari taqdim etildi. Ularni rivojlantirish, moliyalashtirish va kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/116848

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍11👏1