Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga tayanch doktorantlar orasidan munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida saralash tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun stipendiya.edu.uz portali orqali jami 72 ta hujjat kelib tushdi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, 68 nafar talabgorning hujjatlari belgilangan talablarga muvofiq deb topilib, qabul qilindi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2025-yil 23-dekabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlarida 65 nafar talabgor ishtirok etdi. Test sinovlari davomida talabgorlarning axborot texnologiyalari, xorijiy tillar hamda O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilim va malakalari baholandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/116576

#DavlatStipendiyasi #tayanch_doktorantlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤9🔥1
#xizmat_safari

Navoiy davlat universitetida 15 gektarlik yangi kampus loyihasi amalga oshirilmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Navoiy davlat universitetining yangidan barpo etilayotgan kampusida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tanishuv davomida universitet rektori kampus binolarining meʼmoriy yechimlari, qurilish jarayonlarining borishi hamda barpo etilayotgan majmuaning umumiy tarhi boʻyicha batafsil maʼlumot berdi. S. Rajabov kampus infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, taʼlim va ilmiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qurilish ishlari sifatini oshirish va belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qator taklif va mulohazalarini bildirdi.


Qayd etilishicha, 15 gektardan ortiq hududda qad rostlaydigan ushbu kampus talabalar uchun zamonaviy taʼlim olish bilan birga, ularning ijodiy salohiyati va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladigan har tomonlama qulay muhit yaratishni nazarda tutadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5❤14👍14🔥3👏3🤔2
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kutilayotgan o‘zgarishlar

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1
#xizmat_safari #Nukus

Qoraqalpog‘istonda yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Yoshlar texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Texnopark huzurida faoliyat yuritayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari, amaliy prototiplari hamda startap tashabbuslari taqdim etildi. Ularni rivojlantirish, moliyalashtirish va kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/116848

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍11👏1
Qoraqalpoq davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayrambay O‘temuratov, shuningdek, universitet jamoasi — professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish masalalari kun tartibining asosiy yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Qoraqalpoq davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Berdiyar Jollibekovning oliy ta’lim tizimidagi tajribasi, boshqaruv salohiyati va kelgusida universitetni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirishi kutilayotgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Universitetning hududiy va respublika miqyosidagi nufuzi, fan va ta’lim sohasidagi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.

Yig‘ilish davomida universitet jamoasi vakillari ham so‘zga chiqib, yangi rahbariyat bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/117040

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏4🔥2
#Ekspertlikka_tanlov

Sizning tajribangiz ta’lim sifati uchun muhim!

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan akkreditatsiya jarayonlarida tashqi baholashni amalga oshiruvchi ekspertlar uchun tanlov e'lon qilindi.

Agar siz ta’lim sifatini oshirish, shaffof va xolis baholash orqali ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Eng quvonarlisi, ekspertlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda faoliyat yuritadi va ularga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Nomzodlardan oliy ma’lumot, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish hamda tahliliy va xolis baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍9🤩2🔥1🎉1
#tanishtiruv

Yangi tayinlangan rektor o‘z jamoasiga tanishtirildi

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Olmaliq davlat texnika instituti jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Xoliqulov O‘tkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.

Mazkur yig‘ilishda institut faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10👏6🔥1