Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Ekspertlikka_tanlov

Sizning tajribangiz ta’lim sifati uchun muhim!

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan akkreditatsiya jarayonlarida tashqi baholashni amalga oshiruvchi ekspertlar uchun tanlov e'lon qilindi.

Agar siz ta’lim sifatini oshirish, shaffof va xolis baholash orqali ta’lim muassasalarining rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Eng quvonarlisi, ekspertlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda faoliyat yuritadi va ularga belgilangan tartibda qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Nomzodlardan oliy ma’lumot, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish hamda tahliliy va xolis baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍9🤩2🔥1🎉1
#tanishtiruv

Yangi tayinlangan rektor o‘z jamoasiga tanishtirildi

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Olmaliq davlat texnika instituti jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Xoliqulov O‘tkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.

Mazkur yig‘ilishda institut faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10👏6🔥1
#Kasbiy_taʼlim

Kasbiy taʼlim agentligining yangi rahbarlari jamoaga rasman tanishtirildi

2026-yil 7-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov soʻzga chiqib, kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, texnikumlar faoliyatini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda 2026-yilga moʻljallangan vazifalar yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda Kasbiy taʼlim agentligida kadrlar boʻyicha amalga oshirilgan yangi tayinlovlar jamoatchilikka eʼlon qilinib, agentlik direktori oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlangan Shihnazar Sharofaddinov hamda Avzalxon Abdullaxonov yigʻilish ishtirokchilariga rasman tanishtirildi. Ularga yuklatilgan vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍9🔥1
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha kutilayotgan o‘zgarishlar

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🔥1👏1
Kasbiy taʼlim sohasidagi islohotlar va 2026-yil ustuvor vazifalari muhokama qilindi

2026-yil 7-yanvar kuni Kasbiy taʼlim agentligida kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar borasida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov oʻz nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida kasbiy taʼlim sohasiga oid belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi

Yigʻilish davomida 2026-yilda texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalasi ham atroflicha koʻrib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi O. Mavlonov va Samarqand viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi A. Nasimov tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.

Yigʻilishida Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika boʻylab texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.


Yigʻilish yakunida Kasbiy taʼlim agentligi direktori tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarda kasbiy taʼlim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍10🔥1👏1🎉1