Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kasbiy_taʼlim

Kasbiy taʼlim agentligining yangi rahbarlari jamoaga rasman tanishtirildi

2026-yil 7-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov soʻzga chiqib, kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, texnikumlar faoliyatini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda 2026-yilga moʻljallangan vazifalar yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda Kasbiy taʼlim agentligida kadrlar boʻyicha amalga oshirilgan yangi tayinlovlar jamoatchilikka eʼlon qilinib, agentlik direktori oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlangan Shihnazar Sharofaddinov hamda Avzalxon Abdullaxonov yigʻilish ishtirokchilariga rasman tanishtirildi. Ularga yuklatilgan vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍9🔥1
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha kutilayotgan o‘zgarishlar

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🔥1👏1
Kasbiy taʼlim sohasidagi islohotlar va 2026-yil ustuvor vazifalari muhokama qilindi

2026-yil 7-yanvar kuni Kasbiy taʼlim agentligida kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar borasida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov oʻz nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida kasbiy taʼlim sohasiga oid belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi

Yigʻilish davomida 2026-yilda texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalasi ham atroflicha koʻrib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi O. Mavlonov va Samarqand viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi A. Nasimov tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.

Yigʻilishida Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika boʻylab texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.


Yigʻilish yakunida Kasbiy taʼlim agentligi direktori tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarda kasbiy taʼlim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍10🔥1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yurtimiz fuqarolari, xorijiy mehmonlar, shuningdek rassomlar, animatorlar va mazkur yo‘nalishdagi ijodkorlarni ijodiy tanlovda ishtirok etishga chorlaydi.

Tanlov doirasida taqdim etiladigan ishlar yuqori badiiy saviya, mazmun va estetik talablarga mos bo‘lishi lozim.

❗️Eslatma:
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarda:


Ichki ishlar xodimlari kiyimida mavjud bo‘lmagan rang va belgilarni qo‘llash,

salbiy hissiyot uyg‘otuvchi elementlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.

Tanlov shartlariga rioya etilgan holda yaratilgan eng yaxshi ijodiy ishlar munosib taqdirlanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliygohlar psixologlari uchun amaliy tajriba almashinuvi tashkil etildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan oliy taʼlim muassasalari psixologlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarni universitetning ilgʻor tajribasi, zamonaviy infratuzilmasi hamda psixologik xizmatlarni tashkil etish yoʻnalishidagi amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi. Shu maqsadda mehmonlar simulyatsion markaz, universitet muzeyi va kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirning amaliy qismida universitetning Ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish markazi rahbari R.B. Polvonov hamda markaz psixologlari ishtirokida “Oliy taʼlim muassasasi psixologlarining bugungi faoliyati, vazifalari va innovatsion rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda oliy taʼlim tizimida psixologik xizmatlarni takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion usullarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Seminar-trening yakunida ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro fikr almashuv boʻlib oʻtdi, amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10🔥3😱1
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasidagi asosiy o‘zgarishlar misollarda.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤9🔥1
🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

➡️ https://registration.ilmiymarkaz.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6❤5
#qonunchilik_yangiliklari

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan magistratura mutaxassisligi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari Bilim va malakalarni baholash agentligida (hududlar bo‘yicha) maxsus test sinovlarini topshirishlari belgilandi.

Bunda:

➖ test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballining quyi chegarasi to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizi hisoblanadi;

➖ to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 55 foizidan past ball to‘plagan, shuningdek, test sinovlariga qatnashmagan talabgorlar Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmaydi;

➖ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarni shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 5 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi;

➖ Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning (magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha) hujjatlari va erishgan natijalari mazkur qaror bilan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi;

➖ talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “HEMIS” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari sovrindori bo‘lgan talabalarga muayyan ta’lim bosqichida nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qayta ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤34🤔16👍11😱9🔥2
Oʻzbekiston yoshlari uchun Shvetsiyada magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi

Nomzodlar grant olish uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar ariza topshirishlari lozim.

Oʻzbekiston Swedish Institute Scholarships for Global Professionals (SISGP) dasturi doirasida Shvetsiyada nufuzli magistratura dasturlarida bepul taʼlim olish huquqiga ega mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

SISGP stipendiya dasturi rivojlanayotgan mamlakatlardan boʻlgan, barqaror rivojlanishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan kelajak liderlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Dastur Shvetsiyaning 29 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi. Ular orasida Yevropa top-universitetlari qatoriga kiruvchi KTH, Lund University, Uppsala University, Karolinska Institute, Chalmers University va boshqalar mavjud.

Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shved universitetlarining magistratura dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin:
✅ davlat boshqaruvi;
✅tibbiyot;
✅ tadbirkorlik va innovatsiyalar;
✅ STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika).


Tanlov qoidalariga muvofiq, oʻqish dasturini tanlash nomzod ixtiyorida qoladi. Shu bilan birga, odatda barqaror rivojlanish ustuvor yoʻnalishlariga mos keladigan hamda olingan bilimlarni nomzodning oʻz mamlakatida amaliy qoʻllash imkoniyatini koʻrsatib beradigan arizalarga ustunlik beriladi.

Ariza topshirish tartibi ikki parallel bosqichdan iborat:
✅ nomzod tomonidan magistratura dasturini tanlash (quyidagi havola orqali:
https://si.se/en/apply/scholarships/swedish-institute-scholarships-for-global-professionals/), bunda birinchi tanlov sifatida eng maqbul universitet koʻrsatilishi muhim;
✅ tanlangan magistratura dasturlari boʻyicha universitetlarga markazlashgan platforma orqali hujjat topshirish
(www.universityadmissions.se) — 2026-yil 15-yanvargacha;
✅Shvetsiya instituti stipendiyasi uchun ariza topshirish — 2026-yil 9–25-fevral kunlari.

Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:
✅tugallangan oliy maʼlumot (kamida bakalavr darajasi);
✅ingliz tilini belgilangan darajada bilish;
✅tasdiqlangan professional tajriba (oʻqish yoʻnalishiga mos ish tajribasi — kamida 1 yil);
✅liderlik sifatlari va olingan bilimlarni Oʻzbekistonda amalga oshirish salohiyatini namoyon etuvchi motivatsion xat.


Shvetsiya instituti — Shvetsiya haqida global miqyosda axborot tarqatish, shuningdek, madaniyat, taʼlim, fan, demokratiya va barqaror rivojlanish sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi davlat tashkilotidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤48👍10🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Akkreditatsiya mezonlari va indikatorlari nima?

Davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ta’lim tashkilotlari belgilangan mezon va indikatorlar asosida baholanadi.

Maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:
➖Oliy ta’lim tashkilotlari
➖Kasbiy ta’lim tashkilotlari

Kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan indikatorlar haqida batafsil:
➖Oliy ta’lim tashkilotlari
➖Kasbiy ta’lim tashkilotlari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥4👏3😁1🤩1