Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Namangan davlat texnika universitetida Huawei bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev viloyat delegatsiyasi tarkibida Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huaweiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetda “Smart University” konsepsiyasi asosida taʼlim va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda zamonaviy innovatsion taʼlim muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, oʻquv jarayonlarini Learning Management System (LMS) platformalari orqali boshqarish, sunʼiy intellekt asosida taʼlim berish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.


Hamkorlik doirasida universitetda sunʼiy intellektga asoslangan “Xavfsiz universitet” tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤17🔥5👏3🎉1
🎙Media olamida yirik kontent yaratuvchiga aylaning: "Debyut" sizni kutmoqda!

❗️Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!


Darslarni media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar interaktiv tarzda olib bormoqda.

📢 Hali kech emas! "Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim",- deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilishingiz va professional bilimlar poydevorini qurishingiz mumkin.


📌Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:

➡️18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️Toshkent shahrida istiqomat qiladigan yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.

☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.


🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq @debyutuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.

“Debyut” — bu nafaqat boshlanish, bu sizning kashfiyotingiz!


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14😁9👍5
Edu.uz pinned a photo
#Olimlar_minbari
#05-11.01.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Ta’limda zamonaviy arxitektura shakllanmoqda” — Sardor RADJABOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;

“Yoshlar – mamlakat tayanchi” — Maqsudjon YO‘LDOSHEV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Ilmiy salohiyat istiqbolli loyihalar poydevori” — Rasul TO‘RAYEV, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor;

“Yangi O‘zbekiston kelajagini bugun, birgalikda yaratamiz” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;

“Ma’naviyat – mafkuraviy xurujlarga qarshi qalqon” — Komila KARIMOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori;

“Huquqiy tafakkur, bilim va barqaror yuksalish” — Axtam YAKUBOV, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor;

«Махалля — уникальная модель гражданского общества» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

“Xorazm – Qoraqalpog‘iston” turizm halqasi” — Qonaqbay TURDIBAYEV, Qoraqalpoq davlat universiteti professori;

«Ключевая опора устойчивого развития» — Икромжон РАХМОНОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

«Технологии ИИ: повышая конкурентоспособность и стимулируя всеобщий прогресс» — Шахноза АСКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета;

«Новый Узбекистан: единство государства и общества в достижении устойчивого прогресса» — Кудратбек МАХМУДОВ, доцент Чирчикского государственного педагогического университета;

“Vatan muhabbati burch va sadoqatni haqiqiy mudofaa kuchiga aylantiradi” — Shuhrat HOTAMOV, Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9😁3😱3👏2
#harbiy_parad #Vatan_himoyachilari 

Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Yangi Oʻzbekistonda milliy armiya nufuzini yanada oshirish, harbiy xizmatning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini keng yoritish, shuningdek, yoshlar orasida vatanparvarlik, fidoyilik hamda fuqarolik masʼuliyatini mustahkamlashga qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/119401

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6🔥2
Bokuda xalqaro Turkologik tadqiqotlar konferensiyasi tashkil etiladi

Joriy yilning 7-aprel sanasida Boku Slavyan universiteti (BSU) tashabbusi bilan I Turkologik qurultoyning 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro Turkologik tadqiqotlar konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi — turkologiya fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari va zamonaviy yo‘nalishlari ilmiy maydonda muhokama qilinadigan, turk tillari, turk xalqlarining adabiyoti, tarixi, etnografiyasi va madaniy o‘ziga xosligi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganadigan xalqaro ilmiy platforma yaratishdir.

Tadbir turkologiyaning dolzarb masalalari atrofida ilmiy dialogni yo‘lga qo‘yish, turk xalqlari o‘rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash, umumiy tadqiqot yo‘nalishlarini aniqlash va turk tillarining zamonaviy muammolari hamda rivojlanish istiqbollarini ilmiy asosda baholashni maqsad qilgan.


Maqolalarni yuborish uchun oxirgi muddat: 2026-yil 6-mart.

Konferensiya haqida batafsil

Bog‘lanish uchun:
Redaksiya hay’ati: +994 55-806-25-93
Tashkiliy qo‘mita: +994 50-626-46-09

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4