Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✨✨✨✨#14_yanvar

1⃣ Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari tashkil etildi

🔵Jizzax politexnika instituti;

🔵Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🔵Osiyo Xalqaro universiteti;

🔵Abu Rayhon Beruniy universiteti;

🔵Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;

🔵O‘zbekiston Milliy universiteti;

🔵Samarqand davlat pedagogika instituti;

🔵Urganch innovatsion universiteti;

🔵Termiz davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;

🔵Qarshi xalqaro universiteti;

🔵Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

🔵Toshkent davlat transport universiteti;

🔵Namangan davlat texnika universiteti;

🔵Buxoro davlat universiteti;

🔵Urganch davlat universiteti;

🔵Iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

🔵Toshkent davlat yuridik universiteti;

🔵Guliston davlat pedagogika instituti;

🔵Namangan davlat chet tillari instituti;

🔵Jamoat xavfsizligi universiteti;

🔵Toshkent xalqaro universiteti;

🔵Buxoro davlat texnika universiteti;

🔵Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

🔵Jizzax davlat pedagogika universiteti;

🔵Samarqand davlat universiteti;

🔵Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

🔵Urganch davlat pedagogika instituti;

🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🔵Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

🔵O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

🔵O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔵Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🔵Qarshi davlat universiteti;

🔵Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;

🔵Toshkent xalqaro universiteti;

🔵Turan xalqaro universiteti;

🔵Qoraqalpoq davlat universiteti;

🔵Osiyo xalqaro universiteti;

🔵Andijon davlat chet tillari instituti;

🔵Urganch davlat tibbiyot instituti;

🔵O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;

🔵Ma’mun universiteti;

🔵Samarqand davlat texnika universiteti;

🔵Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

🔵“Ipak yo‘li” innovatsiyalar universiteti;

🔵O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

🔵Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

🔵Qo‘qon universiteti;

🔵Biznes va fan universiteti;

🔵Toshkent davlat agrar universiteti;

🔵O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

🔵Namangan davlat texnika universiteti;

🔵Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti;

🔵Termiz davlat universiteti;

🔵O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti;

🔵Iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

🔵Samarqand davlat universitetining Urgut filiali.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍7🔥3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Virtual_akademiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish yuzasidan faoliyati.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤6😁1
#o‘qishni_ko‘chirish

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-yanvargacha amalga oshiriladi

Hujjatlar quyidagi platformalar orqali onlayn qabul qilinadi:


➖ transfer.edu.uz
➖ my.gov.uz

📹 Onlayn ariza berish jarayoni haqida videoyo‘riqnoma orqali batafsil bilib olish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍2
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari tashqi siyosat borasida 2025-yil ko‘p jihatdan natijador bo‘lganini qayd etib, o‘tgan yili 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgani, “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi ko‘p tomonlama sermahsul muloqotlar tashkil etilgani va 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Prezident bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri fuqarolarimizga xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topib berish ekanini qayd etdi.

Ilgari fuqarolarimiz asosan 2-3 ta davlatga borib ishlagan bo‘lsa, hozir tashkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq davlatda mehnat qilayotgani ta’kidlandi.

Misol uchun, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislarga talabidan kelib chiqib, O‘zbekistonda o‘quv kurslarini tashkil etdi.

Yaponiya kompaniyasi qurilish, haydovchilik, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishlarida “10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish” loyihasini boshladi. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilarni yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilar bunday tajribani boshqa davlatlar bilan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Masalan, chetdan ishchi kuchini faol jalb etayotgan Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Saudiya Arabistonidagi elchilarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤6
Fuqarolarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli reydlarda huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda.

Aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilangina cheklanib qolmoqda.

“Elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shart”,

– dedi Prezidentimiz.

Bundan tashqari, xorijdagi yoshlarimiz yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayotgani barchani jiddiy tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi.

Bundan buyon elchilar “kabinet diplomatiyasi”dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlarimiz ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shartligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3👏3
#Eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlari munosib taqdirlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan vazirlik bo‘lim boshlig‘i Xo‘jayev Alijon Otabekovich, shuningdek, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori oʻrinbosari, “Qalqon” jamoatchilik guruhlari rahbari Qudratov Anvarmirzo Murodillayevich O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Ushbu yuksak e’tirof sohiblarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍68❤30🔥5👏5😁5
#PrezidentStipendiyasi #NomliStipendiya

2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari oʻtkaziladi

2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning hujjatlari 2025-yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilingan.

Dastlabki ekspertiza jarayonida 98 ta oliy ta’lim tashkilotidan hujjat topshirgan 700 nafardan ortiq talabgorlarning hujjatlarida turli kamchiliklar aniqlangan boʻlib, hozirgi kunda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari 2026-yilning 22–29-yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍12🔥9
#Qonunchilik_yangiliklari

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi


“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026–2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.

🏛 Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

✅ 2026-yil 1-fevraldan:

▪️ aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oshiriladi;

▪️ davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;

▪️ transportlarda (avtobus, metro, samolyot, poezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmog‘i orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar o‘rnatiladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarda:

🔹 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;

🔹 har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹 2026-yil 1-aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi;

🔹 kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;

🔹 tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

💸 Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍8
O‘zbekistonda Hult Prize tanlovi rasman boshlandi

Dunyo miqyosida “talabalar uchun Nobel mukofoti” sifatida e’tirof etiladigan Hult Prize xalqaro tanlovi ilk bor O‘zbekiston talabalari uchun rasman yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tanlov ijtimoiy muammolarga innovatsion yechimlar taklif etuvchi talabalar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tadbirkorlik va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Har yili 130 dan ortiq mamlakatdan minglab talabalar ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etadi.

Hult Prize doirasida talabalar ijtimoiy startap loyihalari bilan ishtirok etib, xalqaro mentorlar bilan ishlash, milliy va global bosqichlarda o‘z g‘oyalarini taqdim etish hamda 1 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya uchun bellashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari (bakalavriat, magistratura, PhD va doktorantura bosqichlari hamda ta’lim shaklidan qat’i nazar) ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun:

➖ hultprize.org rasmiy veb-saytiga kirish;
➖ startap loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍8🤩3🎉1
#seminar

Oliygohlar psixologlari uchun tajriba almashinuvi tashkil etildi


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari psixologlari uchun navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi.. Unda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan OTM psixologlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/120413

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤6🔥2