Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Mahalla bosh rejalari uchun talabalar tanlovi: eng yaxshi loyihalarga 100 million so‘m mukofot!

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Turkiyadan mutaxassislar jalb etilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanayotgani ta’kidlandi.

Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlandi.

Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.

Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤16🤔2
#vazir #xizmat_safari

Qarshida yoshlar uchun raqamli imkoniyatlar kengaymoqda: xalqaro IT kompaniyalar tajribasi

Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida texnopark hududida faoliyat olib borayotgan xalqaro AT kompaniyalarning real ish jarayonlari, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlari hamda yoshlar bandligini taʼminlashdagi amaliy hissasi, Xususan, xorijiy buyurtmachilarga masofadan AT xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan va bugungi kunda 20 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlagan “IT-call Qarshi” MCHJ faoliyati koʻzdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123749

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤28👍6🔥2👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil
etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026-yil 22–23-yanvar kunlari oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda 100 dan ortiq davlat, 70 dan ortiq nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul xodimlari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123733

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤5👏4🔥1
#XizmatSafari #Qashqadaryo #Vazir

Vazir Qarshi shahar 3-son texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qarshi shahar 3-son texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida vazir texnikumda tashkil etilgan oʻquv jarayoni, moddiy-texnika bazasi hamda kasbiy taʼlimni ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishdi. Xususan, dual taʼlim tizimi doirasida oʻquvchilarning nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarni bevosita ish joylarida oʻzlashtirishi, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda dual taʼlimning ahamiyati, amaliy mashgʻulotlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Texnikumda ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan taʼlimni yanada kengaytirish, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tayyorgarlikni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤13👏3🤔3🔥2
#Talabaga_imkoniyat

Qarshida “American Makerspace” yangi innovatsion markazi ochildi

Qarshi shahrida tashkil etilgan “American Makerspace”  Qarshi markazi rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, AQShning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik, shuningdek, Yevropa va Afrika bo'yicha “Air Products” prezidenti Ivo Bols va Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha “Air Products” vitse-prezidenti Vatslav Harant ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123844

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍9👏4