Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#vazir #xizmat_safari

Qarshida yoshlar uchun raqamli imkoniyatlar kengaymoqda: xalqaro IT kompaniyalar tajribasi

Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qarshi shahrida joylashgan Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida texnopark hududida faoliyat olib borayotgan xalqaro AT kompaniyalarning real ish jarayonlari, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlari hamda yoshlar bandligini taʼminlashdagi amaliy hissasi, Xususan, xorijiy buyurtmachilarga masofadan AT xizmatlarini koʻrsatib kelayotgan va bugungi kunda 20 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlagan “IT-call Qarshi” MCHJ faoliyati koʻzdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123749

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤28👍6🔥2👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil
etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026-yil 22–23-yanvar kunlari oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda 100 dan ortiq davlat, 70 dan ortiq nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul xodimlari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123733

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤5👏4🔥1
#XizmatSafari #Qashqadaryo #Vazir

Vazir Qarshi shahar 3-son texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qarshi shahar 3-son texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida vazir texnikumda tashkil etilgan oʻquv jarayoni, moddiy-texnika bazasi hamda kasbiy taʼlimni ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirishga qaratilgan yondashuvlar bilan tanishdi. Xususan, dual taʼlim tizimi doirasida oʻquvchilarning nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarni bevosita ish joylarida oʻzlashtirishi, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda dual taʼlimning ahamiyati, amaliy mashgʻulotlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Texnikumda ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan taʼlimni yanada kengaytirish, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tayyorgarlikni kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤13👏3🤔3🔥2
#Talabaga_imkoniyat

Qarshida “American Makerspace” yangi innovatsion markazi ochildi

Qarshi shahrida tashkil etilgan “American Makerspace”  Qarshi markazi rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, AQShning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik, shuningdek, Yevropa va Afrika bo'yicha “Air Products” prezidenti Ivo Bols va Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha “Air Products” vitse-prezidenti Vatslav Harant ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123844

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍9👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yagona orzu yoʻlida birlashgan mamlakat

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan BBC telekanali uchun maxsus videorolik taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤12🔥4👏1🤩1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz talabalar va professor-oʻqituvchilar!

Bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilish va ta’lim sifatini ta’minlash borasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqishimiz uchun talaba va professor-oʻqituvchilarning fikri juda muhim. Sababi, tizimdagi barcha oʻzgarishlar, eng avvalo, sizga yanada qulay ta’lim muhitini yaratish uchun qilinmoqda.

Shu maqsadda, barchangizni Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oʻtkazilayotgan umummilliy soʻrovnomada faol qatnashishga chaqiraman.

Sizning ochiq va xolis fikringiz oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va keyingi qadamlarimizni qoʻyish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Soʻrovnomada qatnashish: https://survey.hemis.uz/

@hilola_umarova
👍18❤8
📣 EʼLON

2026-yilning 26-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi oʻtkaziladi.

📝 Kun tartibi:
– Jamoatchilik kengashining yangi tahrirdagi Nizomi bilan tanishish;
– 2026–2028-yillarga moʻljallangan ish rejasi muhokamasi;
– Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vazifalarini belgilash.

🗓 Sana: 26.01.2026-y.
🕓 Vaqt: soat 16:00
📍 Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi, 5-qavat)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍4👏2
#topshiriqlar_ijrosi #muhokama

Vazir va arxitektura yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida arxitektura yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rektorlari ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda hududlarni kompleks rivojlantirishda zamonaviy master rejalarning ahamiyati, mahallalar bilan ishlash tizimini joriy etish va talabalarni amaliy jarayonlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, 903 ta “ogʻir” mahalla bilan ishlashga 18 ta oliygohda tahsil olayotgan 7 mingga yaqin arxitektura yoʻnalishidagi talabalar jalb etiladi.


Shuningdek, mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha talabalar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinib, eng yaxshi loyihalarni taqdim etgan jamoalar 100 million soʻmgacha mukofotlanadi.

Yigʻilish yakunida oliygohlar rahbarlariga belgilangan vazifalar doirasida manzilli ishlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/124009

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤6👏1