Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekiston ilk bor Horizon Europe loyihasida ishtirok etmoqda!

Oʻzbekiston ilk marotaba Yevropa Ittifoqining Horizon Europe (2026–2030) dasturi doirasida moliyalashtiriladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etadi.

Mamlakatimizdan uchta yetakchi tashkilot TiBeRIUM (Titanium and Beryllium for European Resilience and Innovative Utilization of Minerals) loyihasiga hamkor sifatida jalb etildi:

🔹 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti
🔹 Geologiya fanlari universiteti
🔹 “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ


TiBeRIUM loyihasi kritik xomashyo materiallari uchun barqaror va ishonchli taʼminot zanjirlarini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha doirasida titan va berilliy minerallarini zamonaviy, innovatsion hamda ekologik masʼuliyatli usullarda qayta ishlash texnologiyalari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.

Ushbu minerallar Yevropa Ittifoqi tomonidan yashil texnologiyalar, sanoat barqarorligi va texnologik suverenitet uchun strategik ahamiyatga ega, deb eʼtirof etilgan.

TiBeRIUM xalqaro konsorsiumi Yevropa davlatlari, Oʻzbekiston va Qozogʻistondan 25 ta tashkilotni birlashtiradi. Loyiha Germaniyaning Frayberg konchilik va texnologiyalar universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi.


Oʻzbekiston tashkilotlarining ushbu nufuzli loyihadagi ishtiroki mamlakatimizning xalqaro ilm-fan va innovatsiya makonidagi o'rni kengayib borayotgani hamda Yevropa Ittifoqining yirik grant dasturlariga integratsiyasi yangi bosqichga koʻtarilganini koʻrsatadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🎉2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonning Germaniya, Fransiya va Vengriyadagi elchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi


24-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dilshod Axatov, Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodir Ganiyev hamda Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv chogʻida elchilar faoliyat olib borayotgan davlatlar bilan oliy va kasbiy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, akademik va ilmiy almashinuvni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish yoʻnalishlarida mavjud imkoniyatlar va istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/124021

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍11👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonning Germaniya, Fransiya va Vengriyadagi elchilari bilan uchrashuv jarayonlaridan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤13👏1🎉1
#BICHO2026 #BIMO2026

Buxoro davlat universiteti xalqaro olimpiadalarni oʻtkazishga tayyor


Ertaga, 2026-yil 26 yanvar kuni Buxoro davlat universitetida “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO-2026)” hamda “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO-2026)” xalqaro kimyo va matematika olimpiadalari oʻz ishini boshlaydi.

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli olimpiadalar 10 dan ortiq xorijiy davlat vakillari bir maydonga jamlamoqda. Xususan, Ozarbayjon, Hindiston, Iordaniya, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy va Oʻzbekistondan kelgan talabalardan iborat 100 dan ortiq jamoa, jami 500 nafardan ziyod ishtirokchi olimpiada jarayonlarida qatnashmoqda. Shuningdek, tadbirda 10 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda mamlakatimizdagi 50 dan ziyod OTM vakillari ishtirok etadi.

Ayni paytda xorijiy davlatlar hamda respublikamizning boshqa viloyatlaridan tashrif buyurayotgan ishtirokchi va rasmiy mehmonlar Buxoro shahriga yetib kelmoqda. Ularni Buxoro davlat universiteti tomonidan belgilangan tartibda aeroport, temir yoʻl vokzali va chegara postlarida kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish ishlari tashkil etilgan.

Olimpiada dasturiga muvofiq, ishtirokchilarni kutib olish, joylashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish, ochilish marosimi, individual va jamoaviy turlarni oʻtkazish uchun Buxoro davlat universitetida barcha tashkiliy-texnik shart-sharoitlar yaratilgan. Auditoriyalar, laboratoriyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari, volontyorlar va masʼul shaxslar toʻliq tayyor holatga keltirilgan.

Ochilish marosimi ertaga universitetning bosh binosida joylashgan katta majlislar zalida boʻlib oʻtadi. Tadbirda respublika va xorijiy mehmonlar, nufuzli professor-olimlar, rasmiy tashkilotlar va OAV vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Qadimiy ilm-fan va maʼrifat markazi boʻlgan Buxoro zamini yana bir bor xalqaro ilmiy muloqot va intellektual bellashuv maydoniga aylanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍11
#tavsiya

Oliy ta’lim tashkilotlarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

➖ Oliygohlar faoliyati, jumladan yangilik, e’lon va talabalarga oid muhim ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib bilasiz;
➖ talabalar uchun muhim stipendiya va grantlardan xabardor bo‘lasiz;
➖ tadbirlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.

Shuningdek, ushbu sahifalar orqali siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz, oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Quyida OTTlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
❤17👍3
“ToshTech” texnika universiteti (Tashkent University of Technology) yangi avlod muhandislik ekotizimi sifatida ish boshladi

2026-yilning 26-yanvar kuni Toshkent shahrida xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan texnika oliy taʼlim muassasasi — “ToshTech”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, shuningdek, xalqaro hamkorlar — Constructor University Bremen (Germaniya) va Boston Consulting Group (AQSH) vakillari, sanoat va energetika tarmoqlarining yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

“ToshTech” Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi yirik milliy loyiha boʻlib, universitet STEM yoʻnalishlari, texnologik tadbirkorlik va bilim hamda texnologiyalar transferi uchun institutsional platforma sifatida faoliyat yuritadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/124592

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍16😁8😱2🔥1