Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ustozga bag‘ishlangan asar

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yoshlarga atab chop etilgan “Muhandis” ma’rifiy romanining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda poytaxt va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mutaxassislar, fakultet dekanlari, yosh professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub ushbu asarga yurtimizda milliy muhandislik maktabini yaratishga katta hissa qo‘shgan davlat va jamoat arbobi, akademik Oqil Umrzoqovich Salimovning hayot yo‘li va faoliyati asos qilib olingan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125299

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
✅✅✅✅✅✅

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan nashr etilayotgan “Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2025-yil 4-soni e’lon qilindi!

📰 Ushbu son orqali siz yoshlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, yangiliklar, metodik tavsiyalar va ma’naviy-ma’rifiy maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.

📖 Jurnalning ushbu sonini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:


➡️ https://online.pubhtml5.com/ytrbm/nujo/

Sahifalarni onlayn varaqlang, ilhom oling va do‘stlaringizga ham ulashing!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍7😁1🤔1😱1
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi

❗️ Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda.


✈️ Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi.

👍 Jamoatchilik muhokamasi bugun, 28-yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!

➡️ uzbekistan2030.uz
➡️ regulation.gov.uz


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤔1
“Kelajak muhandislari” festivali ramzini tanlashda ishtirok eting!

Qaysi logotip “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali gʻoyasi va ruhini eng yaxshi ifodalaydi — sizning fikringiz biz uchun muhim.

Ayni paytda festival uchun 8 ta logotip konsepsiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur soʻrovnoma orqali siz taqdim etilgan logotiplardan eng maʼqul deb hisoblagan variantini tanlashingiz hamda logotiplar mazmuni va dizayni yuzasidan oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Shu bilan birga, agar taqdim etilgan logotip variantlaridan birortasi sizga maʼqul kelmasa, oʻz logotip konsepsiyangiz yoki takliflaringizni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin:

Kelib tushgan takliflar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va festival logotipini tasdiqlash jarayonida inobatga olinadi.
❤9👍6😱5🔥3
#XalqaroHamkorlik

UrDU va Lyaonin pedagogika universiteti: yangi hamkorlik bosqichi


Bugun, 28-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi vakillari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori A.Xoliqov hamda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida rahbariyatning rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida har ikkala oliygoh o‘rtasida o‘zaro manfaatli ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dasturlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda Xiva shahrida Konfutsiy institutini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125464

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥2🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

2026-yil 28-yanvar kuni Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston–Turkiya munosabatlari soʻnggi yillarda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini, jumladan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladilar.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 29-yanvar kuni Turkiya Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125495

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤17🔥4👏1😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi


Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qarori bilan Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

➖talabalar turar joylarida yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplab berish tartibi.

Ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Talabaning oilasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgani:

➡️
davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar;
➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍5
🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

➡️ https://registration.ilmiymarkaz.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4😁4
#Qonunchilik_yangiliklari

Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash nizomi
tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2026-yildagi 31-sonli qaroriga muvofiq, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash hamda malaka sertifikatini berish nizomi joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra:

➖ 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;

➖ o‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi;

➖ chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍10🥰2
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi


Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

✅ Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤11👏4🔥3