Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

UrDU va Lyaonin pedagogika universiteti: yangi hamkorlik bosqichi


Bugun, 28-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi vakillari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori A.Xoliqov hamda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyozov boshchiligida rahbariyatning rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida har ikkala oliygoh o‘rtasida o‘zaro manfaatli ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dasturlar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda Xiva shahrida Konfutsiy institutini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125464

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥2🤔1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

2026-yil 28-yanvar kuni Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston–Turkiya munosabatlari soʻnggi yillarda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini, jumladan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladilar.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 29-yanvar kuni Turkiya Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125495

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤17🔥4👏1😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi


Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qarori bilan Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

➖talabalar turar joylarida yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;

➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplab berish tartibi.

Ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Talabaning oilasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgani:

➡️
davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar;
➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍5
🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

➡️ https://registration.ilmiymarkaz.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4😁4
#Qonunchilik_yangiliklari

Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash nizomi
tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 28.01.2026-yildagi 31-sonli qaroriga muvofiq, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash hamda malaka sertifikatini berish nizomi joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra:

➖ 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;

➖ o‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi;

➖ chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍10🥰2
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi


Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

✅ Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤11👏4🔥3
#tanlov #PrezidentStipendiyasi

Prezident davlat stipendiyasining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda


Bugun, 29-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026 oʻquv yili uchun magistratura bosqichi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda.

Joriy oʻquv yilida magistratura boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun 22 ta tanlov yoʻnalishi boʻyicha 22 ta kvota ajratilgan. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha respublika bosqichiga qadar oliy taʼlim muassasalaridan 195 nafar talabgorning hujjatlari qabul qilindi.

Test sinovlari natijalariga muvofiq, 22 ta tanlov yoʻnalishi boʻyicha jami 61 nafar talabgor respublika bosqichi — suhbat jarayoniga tavsiya etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/125807

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥9👏9👍5🤔2