Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroEtirof #YangiOʻzbekiston #UBS

O‘zbekiston haqidagi kitoblar jamlanmasi MIT markaziy kutubxonasidan joy oldi


“University of Business and Science” (UBS) universitetining tashabbusi bilan O‘zbekistonning boy tarixi va so‘nggi yillardagi islohotlarini aks ettiruvchi 120 dan ortiq fundamental asarlar to‘plami AQShdagi nufuzli Massachusets texnologiya instituti (MIT)ning Hayden kutubxonasiga taqdim etildi.

Boston shahrida o‘tgan rasmiy marosimda ushbu noyob jamlanma MIT kutubxonasi direktori Chris Bourghga topshirildi. To‘plamdan Prezident asarlari, jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish davri va o‘zbek mumtoz adabiyotiga oid muhim ilmiy manbalar joy olgan.

Endilikda dunyoning birinchi raqamli oliygohi tadqiqotchilari va talabalari uchun maxsus tashkil etilgan “O‘zbek kitoblari jamlanmasi burchagi” (Uzbek Books Collection Corner) orqali mamlakatimiz haqidagi ishonchli manbalar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

“Ushbu jamlanmaning MIT kabi nufuzli muassasa fondidan joy olishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi va milliy merosimizni global ilm-fan makoniga olib chiqishdagi muhim qadamdir”, – deya qayd etildi tadbir davomida.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍13🔥4
Toshkent davlat texnika universitetida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent davlat texnika universitetida QS  reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan  rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar:
- qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
- professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish,
- ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda olib borish,
- sun’iy intellekt, energetika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍9
Yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish: kompleks choralar va aniq natijalar

30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.


Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari vazirlik faoliyatida doimo ustuvor yoʻnalish boʻlib kelayotganini taʼkidladi.

#matbuot_anjumani #giyohvandlik

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126374

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (26–30-yanvar kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti

✅Toshkentda “ToshTech” texnika universiteti faoliyat boshladi.
✅Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi oʻtkazildi.
✅Osiyo taraqqiyot banki yangi loyihasi boʻyicha muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
✅Xalqaro matematika hamda kimyo fan olimpiadalari tashkil etildi.
✅“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi.
✅Kanadaning nufuzli Guyelf universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻldi.
✅“Muhandis” maʼrifiy romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
✅Vazir Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
✅Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi oʻtkazildi.
✅Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Vengriyaning Obuda universitetiga tashrif buyurdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_taʼlim

VET4UZ loyihasi doirasida yangi ustaxona ochildi


Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida VET4UZ loyihasi doirasida jihozlangan oshpazlik hamda restoran-bar amaliyot xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B. Radjabov, VET4UZ loyihasi rahbari S. Strasburger, hamkor tashkilotlar vakillari, texnikum rahbariyati va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Marosim davomida yangi amaliy xonalar tanishtirilib, ramziy lenta kesish orqali rasman foydalanishga topshirildi. Shunibgdek, o‘quvchilar tomonidan yarim tayyor mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.


Loyihaning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍14❤9👏3