Toshkent davlat texnika universitetida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent davlat texnika universitetida QS reytingida 47-o‘rinni egallagan, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shanxay Jiao Tong universiteti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tomonlar:
- qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
- professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish,
- ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda olib borish,
- sun’iy intellekt, energetika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Muloqot yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Shanxay Jiao Tong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍9
Yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish: kompleks choralar va aniq natijalar
30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari vazirlik faoliyatida doimo ustuvor yoʻnalish boʻlib kelayotganini taʼkidladi.
#matbuot_anjumani #giyohvandlik
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126374
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari vazirlik faoliyatida doimo ustuvor yoʻnalish boʻlib kelayotganini taʼkidladi.
#matbuot_anjumani #giyohvandlik
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126374
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (26–30-yanvar kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti
✅ Toshkentda “ToshTech” texnika universiteti faoliyat boshladi.
✅ Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi oʻtkazildi.
✅ Osiyo taraqqiyot banki yangi loyihasi boʻyicha muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
✅ Xalqaro matematika hamda kimyo fan olimpiadalari tashkil etildi.
✅ “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi.
✅ Kanadaning nufuzli Guyelf universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻldi.
✅ “Muhandis” maʼrifiy romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
✅ Vazir Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
✅ Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi oʻtkazildi.
✅ Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Vengriyaning Obuda universitetiga tashrif buyurdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (26–30-yanvar kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_taʼlim
VET4UZ loyihasi doirasida yangi ustaxona ochildi
Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida VET4UZ loyihasi doirasida jihozlangan oshpazlik hamda restoran-bar amaliyot xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
VET4UZ loyihasi doirasida yangi ustaxona ochildi
Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida VET4UZ loyihasi doirasida jihozlangan oshpazlik hamda restoran-bar amaliyot xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B. Radjabov, VET4UZ loyihasi rahbari S. Strasburger, hamkor tashkilotlar vakillari, texnikum rahbariyati va o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Marosim davomida yangi amaliy xonalar tanishtirilib, ramziy lenta kesish orqali rasman foydalanishga topshirildi. Shunibgdek, o‘quvchilar tomonidan yarim tayyor mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.
Loyihaning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍14❤9👏3
#ximat_safari
Vazir oʻrinbosari Jizzax politexnika instituti ilmiy salohiyati bilan tanishdi
31-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi.
Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi.
Tashrif yakunida bildirilgan fikr va takliflar Jizzax politexnika institutida ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, institutda olib borilayotgan startap va innovatsion tashabbuslar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy ishlanmalar hamda ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Vazir oʻrinbosari ushbu yoʻnalishlarda amaliy natijadorlikni oshirish, ilmiy gʻoyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish masalalari boʻyicha qator taklif va muhim tavsiyalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, muhandislik, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

❤25👍13😱6😁1