Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
Bugun, 5-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, vazirlik tizimidagi tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari uchun “Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish” mavzusida o‘quv-seminar onlayn va oflayn formatda tashkil etildi.
Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov kirish so‘zi bilan ochib berib, oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari jadallashib borayotgani, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishda axborot xavfsizligi va shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini ta’minlash dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/128331
#seminar #sunʼiy_intellekt
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍11❤10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tashrifi bilan Pokistonga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharif kutib oldilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏15👍5❤4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
13-fevral kuni soat 19:00 da “Xalqlar do'stligi” saroyida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining “Jonli ijro zavqi” nomli katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4🔥1👏1🤩1
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xolmuhamedov Muhsinjon Murodullayevich “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍31❤15😁3🔥2👏2
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga!
2026-yil 6-fevral kuni soat 16:00 da Kasbiy ta’lim agentligining Telegramdagi rasmiy kanali — https://t.me/edu_KTA da ovozli chat o‘tkaziladi.
Ovozli chat davomida Kasbiy ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish, unda kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, ishtirokchilar mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javob olishlari mumkin.
Oldindan savol yuborish uchun havola:
👉 @kasbedu_bot
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍2
Umummilliy so‘rovnoma natijalari tarixiy rekord darajasiga yetdi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliygohlar talabalari va professor-o‘qituvchilari orasida o‘tkazilayotgan umummilliy so‘rovnoma natijalari yurtimiz tarixidagi eng yuqori natijaga yetdi.
So‘rovnomada hozirga qadar jami 660 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan bo‘lib, ularning 600 mingdan ziyodi talabalar va 43 mingdan ortig‘i professor-o‘qituvchilardir.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar talaba va professor-o‘qituvchilarning ta'lim sifati bo‘yicha fikri ilk bor keng miqyosda o‘rganilib, ushbu natijaga yetmoqda.
So‘rovnoma davom etmoqda. Siz ham o‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang. So‘rovnomada qatnashing: https://survey.hemis.uz/

❤18👍10🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtiyoz
“Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun yotoqxona xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi:
➖ talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi;
➖ talabalar TTJga ustuvorlik bilan (navbatsiz) qabul qilinadi;
➖ oliy ta’lim muassasasining rektori nomiga har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi;
➖ TTJda yashash xarajatlari — har oy to‘lov sifatida talabaga beriladi;
➖ to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning plastik kartasiga o‘tkaziladi;
➖ talabalar yotoqxona to‘lovini oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu mablag‘lar belgilangan tartibda talabaning bank plastik kartasiga to‘liq qaytarib beriladi.
Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida bunday toifadagi talabalar soni 5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

1❤26👍10🤩3🥰1
#qonunchilik_yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
— joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi;
— har yili aprel oyini “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi va uning doirasida ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchilar va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, badiiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi;
— “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi;
— “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etiladi;
— “Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlari yaratiladi;
— Temuriylar davriga oid, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan asl yozma manbalar nusxalari O‘zbekistonga olib kelinadi;
— “Tirik tarix” loyihasi asosida suratga olingan, Amir Temur saltanatining Yevropa davlatlari bilan diplomatik va elchilik aloqalari yoritib berilgan tarixiy-badiiy va hujjatli filmlar Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy mamlakatlarda namoyish etiladi;
— Temuriylar davri manbalari elektron platformasi yaratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi

❤16👍7🤔2
Xalqaro baholash amaliyotlarini Oʻzbekistonda qoʻllash masalasi muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Xusanov Buyuk Britaniyaning AQA Global Assessment Serviches tashkiloti vakillarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida taʼlim sohasida baholash tizimlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos adolatli va shaffof baholash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, oʻquv dasturlari va imtihon jarayonlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/128508

❤10👍9🤔2🔥1