Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Pedagogika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida pedagogika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada mavjud tizimli muammolar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash istiqbollari, dissertatsiyalar sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etildi.


Ochiq muloqot savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldilar.

#ochiq_muloqot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤7👏1🎉1
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining arxitektura, qurilish, iqtisodiyot yo’nalishlari, shuningdek, respublikaning arxitektura va qurilish muhandisligi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 987 nafar bitiruvchi kurs talabalari, yosh tadqiqotchilar Xorazm viloyatidagi 141 ta mahallaga biriktirildi.

Hozirda talabalar maxsus tashkil etilgan shtabda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlamoqda. Takliflarda infratuzilmani yaxshilash, qurilish va energetika masalalari, qishloq xo‘jaligi hamda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ishlarning borishini o‘rganish maqsadida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Qo‘shko‘pir tumani “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va takliflar bilan tanishdi. Talabalar o‘z g‘oyalarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥2
#xizmat_safari

Vazir “Ipak yoʻli” universitetida taʼlim va ilmiy faoliyat bilan tanishdi


6-fevral kuni vazir Qoʻngʻirotbay Sharipov Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurib, rahbariyat, ilmiy tadqiqot instituti jamoasi va talabalar bilan uchrashdi.

Tashrif davomida taʼlim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/128822

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍12🤔2😁1