Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining arxitektura, qurilish, iqtisodiyot yo’nalishlari, shuningdek, respublikaning arxitektura va qurilish muhandisligi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 987 nafar bitiruvchi kurs talabalari, yosh tadqiqotchilar Xorazm viloyatidagi 141 ta mahallaga biriktirildi.

Hozirda talabalar maxsus tashkil etilgan shtabda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlamoqda. Takliflarda infratuzilmani yaxshilash, qurilish va energetika masalalari, qishloq xo‘jaligi hamda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ishlarning borishini o‘rganish maqsadida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Qo‘shko‘pir tumani “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va takliflar bilan tanishdi. Talabalar o‘z g‘oyalarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥2
#xizmat_safari

Vazir “Ipak yoʻli” universitetida taʼlim va ilmiy faoliyat bilan tanishdi


6-fevral kuni vazir Qoʻngʻirotbay Sharipov Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurib, rahbariyat, ilmiy tadqiqot instituti jamoasi va talabalar bilan uchrashdi.

Tashrif davomida taʼlim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/128822

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍12🤔2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ayvoni Sadr” qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan tor doirada va delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.

Xususan, madaniy va gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirish hamda taʼlim, ekologiya, sport va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surishga oʻzaro intilish qatʼiy ekani qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3
#e’lon

“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish mumkin

Mazkur toifadagi talabalar tomonidan ariza topshirish kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Eslatma, belgilangan tartibga muvofiq, ushbu imtiyozdan faqat davlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin. Bunda, arizalar har oyning 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.

TTJ xarajatlari har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoqoʻllanma

❓SAVOL: “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba farzandlari uchun yotoqxona xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha ariza qanday topshiriladi?

✅ JAVOB:
Mazkur toifadagi talabalar arizani kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali yuboradilar. Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4
O‘zbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi

“Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3🔥3