Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#taqdirlash_marosimi #Buxoro

🗣Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Buxoro viloyatida 4-6-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning taqdirlash tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Shuningdek, “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Til bilimdonlari”, “Kitobxon yoshlar ligasi”, Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid “Huquq bilimdonlari” bilimlar bellashuvi, “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovlarining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, “Mushoira” klubining eng faol koordinatorlari maxsus statuetka, I, II va III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


📘 Tantanali taqdirlash marosimi Buxoro davlat universitetida tashkil etildi. Tadbirni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berdi. G‘oliblarga sovrinlarni Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari topshirdi.

🎙Shuningdek, ishtirokchilar Buxoro bo‘ylab sayohat qilib, Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasi, Labi Hovuz ansambli va Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdilar.

Tadbir davomida estrada yulduzi Sevinch Ismoilova, Milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Avazbek Shomurodov hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi xonandalari tomonidan kuylangan go‘zal taronalar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

➡️Barcha fotolavhalarni ko‘rish
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍8🔥1🎉1
#xizmat_safari

Vazir Samarqandda mahallalarni rivojlantirish boʻyicha talabalar loyihalari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Boltabek” mahallasida boʻlib, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari, magistrlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishdi.

Kattaqoʻrgʻon tumanida “ogʻir” toifaga kiruvchi 9 ta mahalla belgilangan boʻlib, talabalar mahallalar bosh rejasiga doir oʻz gʻoya va takliflarini taqdimotlar orqali namoyish etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/129383

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍7🔥3👏2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xayriddin Sultonovning Navoiy va Bobur haqidagi mulohazalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov “Kelajak soati” darslari uchun maxsus intervyu berdi. Unda yozuvchi va jamoat arbobining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, ijodi haqidagi mulohazalarini tinglang.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: Videokontent oʻrta (5–8) va yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlangan.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
👍13❤9😁2🔥1🤔1
Edu.uz pinned a video