Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Navoiy_585

Ulug' shoir xotirasiga ehtirom


Bugun buyuk mutafakkir, benazir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiyoti namoyandalari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ham unda faol ishtirok etib, buyuk ajdodimiz xotirasiga hurmat va ehtirom ramzi sifatda Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdi.

Mir Alisher Navoiy o‘zining bebaho ilmiy va adabiy merosi, yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon tamaddunida ham alohida o‘rin egallaydi. Uning asarlari yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik, ma’rifat va komil inson bo‘lib kamol topishga yetaklaydi.

Buyuk mutafakkir merosini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ilm-fan va ta’lim jarayonlariga uyg‘un holda targ‘ib etish bugungi kun yoshlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
❤11👍11
#bolalar_uchun #kasting

Kuch — bilimda, g‘alaba — irodada!

▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida suratga olinayotgan "Impuls" badiiy filmi uchun 13 yoshdan —16 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil-qizlar kastingga taklif etiladi.

Mavzu: robototexnikaga qiziquvchi bolalar hayoti.
Studiya: “Art film makers”.

Biz sizlarni 11–12-fevral kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-“A” uyda kutamiz.

Kastingga keladiganlar +998977033778 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2
Ilm-fanda qizlar: imkoniyat va mas’uliyat

Toshkent davlat transport universitetida “Ilm-fanda qizlar: imkoniyatlar va mas’uliyat” mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ilm-fan, innovatsiya va ta’lim sohalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ilmiy faoliyatdagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan anjumanda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/129856

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍12
#dayjest #AlisherNavoiy585

😄 So‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➖ O‘zDSMI Nukus filiali;

➖ Andijon davlat pedagogika instituti;

➖ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Andijon davlat universiteti;

➖ Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti;

➖ Farg‘ona davlat universiteti;

➖ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ O‘zDJTSU Nukus filiali;

➖ O‘zMU Jizzax filiali;

➖ Angren universiteti;

➖ TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Qo‘qon davlat universiteti;

➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ TATU Samarqand filiali;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖ Samarqand davlat chet tillar instituti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ TDIU Samarqand filiali;

➖ Toshkent farmatsevtika instituti;

➖ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖ Qarshi davlat universiteti;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Navoiy davlat universiteti;

➖ SamDVMCHBU Nukus filiali;

➖ Guliston davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat texnika instituti;

➖ Toshkent davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Osiyo xalqaro universiteti;

➖ Alfraganus universiteti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖ Namangan davlat chet tillari instituti;

➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Xalqaro Nordik universiteti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti;

➖ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti;

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖ Nukus davlat pedagogika instituti;

➖ Qo‘qon universiteti;

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖ Toshkent shahridagi Adju universiteti;

➖ Milliy rassomlik va dizayn instituti;

➖ SamDU Urgut filiali;


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4🔥2😁2🤔1