Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yoshlarimiz_yutuqlari #faxrimiz

TDTU tayanch doktoranti dunyoning TOP-2 universiteti grantini qo‘lga kiritdi

Toshkent davlat texnika universitetining “Metallar texnologiyalari” kafedrasi tayanch doktoranti Azizaxon To‘raxujayeva QS xalqaro reytingiga ko‘ra dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida 2-o‘rinda qayd etilgan Buyuk Britaniyaning Imperial College London universitetida 4 oylik “Global Development Fellowship” xalqaro stajirovka grantini qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq yosh olimalarimiz salohiyati va milliy ta’lim tizimining xalqaro miqyosdagi nufuzidan dalolat beradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤47👍23🔥15
#Konferensiya

Talabalar sporti tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi


Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Assotsiatsiyaning yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi, Bosh kotib saylandi hamda xalqaro sport tashkilotlariga a’zolik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridagi sport klublari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi va uzoq muddatli strategiyalar belgilab olindi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/129967

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4
Turkiyada Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbirlar oʻtkazildi

Joriy yilning 5-fevral kuni Turkiyaning Najmiddin Erbakan universitetida “Alisher Navoiyning turk adabiyotidagi oʻrni va ahamiyati”, 9-fevral kuni esa Istanbul madaniyat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bagʻishlangan hamda “Alisher Navoiyning jahon tamaddunidagi oʻrni” mavzularida xalqaro ilmiy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Istambul madaniyat universiteti rektori, professor Gulfattin Chelik ochib bergan tadbirda mazkur oliygohning professor Sadik Yazar Alisher Navoiyning usmonli adabiyotiga taʼsiri haqida maʼruza qildi. Toshkent kimyo xalqaro universiteti professori Gulnoza Odilova Alisher Navoiyning turkiy til taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi, uning ijodining xorijiy mamlakatlarda oʻrganilishi hamda Sharq renessansidagi oʻrni haqida maʼruza qildi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida Toshkent kimyo xalqaro universiteti tomonidan chop etilgan, Navoiy devonlaridan saralab olingan 100 hikmatning turk, ingliz va xitoy tillaridagi tarjimalarini oʻz ichiga olgan “Sharq durdonalari” nomli illyustratsion kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar turkiy xalqlar oʻrtasidagi madaniy va maʼnaviy yaqinlikni mustahkamlashda Alisher Navoiy merosini Turkiyada chuqur oʻrganish va targʻib etish muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤13