Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
⚡️CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz.

🤩Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.

Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.

Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19🔥7🎉5🤩3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum #IlmFandagi_ayollar

“SHeSCIENCE 2026” – Markaziy Osiyo olima ayollarining xalqaro ilmiy konferensiyasi jarayonlaridan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍8🔥5
#Xalqaro_forum #IlmFandagi_ayollar

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” doirasida VI xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi


Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Gender tenglik madaniyatini rivojlantirish: oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasi” mavzusida VI xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro anjuman jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi faolligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ijtimoiy ongni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.


Konferensiyada Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakillari va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥7👍6😱1
Maqsad – xavfsiz ta’lim muhitini yaratish va “Oliy ta’lim – ota-ona – mahalla” hamkorligini mustahkamlash

2026-yil 12-fevral kuni Termiz davlat universitetida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 10–11-fevral kunlari respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ularning birinchi prorektorlari hamda hududdagi texnikumlar rahbarlari ishtirok etdi.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talaba va o‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

#Surxondaryo #TanqidiyTahliliyYigʻilish

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/131436

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍10🔥3🤔1😱1
Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro aloqalarini kengaytirish yoʻlida yangi bosqichga chiqmoqda

2026-yil 12-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijro ofisi, Milliy fanlar akademiyasi, Fan va taʼlim vazirligi hamda bir qator oliy taʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga markaz faoliyati, jumladan, xalqaro va mahalliy hamkorlik aloqalari, yosh olimlarni saralash tizimi asosida Yaponiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan qisqa va uzoq muddatli taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yetakchi universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan xalqaro, qoʻshma va mahalliy loyihalar taqdim etildi.

Delegatsiya vakillari mazkur yoʻnalishlardagi ishlarga katta qiziqish bildirib, hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv davomida malaka almashinuvi, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar hamda trening kurslarini tashkil etish, shuningdek, yangi xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, mehmonlar markazda faoliyat yuritayotgan ilmiy laboratoriyalar bilan tanishib, ularning zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani va tadqiqot imkoniyatlarini yuqori baholadilar. Uchrashuv yakunlariga koʻra, tomonlar kelgusida istiqbolli qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥2