Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot
Joriy yilning 14-fevral kuni Senatda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Belgilangan nizom talablari asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Mazkur tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, gender tenglik hamda oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy ravishda tashkil etib kelinmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi tashkilotlarda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan samarali siyosatni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va keng ommalashtirish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tanlov quyidagi belgilangan nizom talablari asosida 7 ta nominatsiya bo’yicha o’tkazildi:
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika tashkiloti”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hokimlik”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”,
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol ommaviy axborot vositasi”.
Belgilangan nizom talablari asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🎉6👍5
Surxondaryo oliygohlari: taʼlim sifati, imkoniyatlar va zamonaviy infratuzilma
Xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Termiz davlat universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvlar davomida Hilola Umarova oliygohlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar salohiyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirish, taʼlim sifatini yanada oshirish, innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish va targʻibot ishlarini kuchaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Termiz davlat universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
H. Umarova Termiz davlat universiteti infratuzilmasi koʻzdan kechirarkan, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyati, shuningdek, Ilmiy tadqiqot markazida yaratilgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan yirik ilmiy loyihalar bilan tanishdi. Olima ayollar va talaba-yoshlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Hilola Umarova hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham boʻlib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy jihozlangan oʻquv xonalari, multimedia texnologiyalari bilan taʼminlangan auditoriyalar faoliyati koʻzdan kechirildi.
Tashrif doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq suhbat oʻtkazilib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, grantlar, xorijiy taʼlim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, universitetda ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, xususan, Kembrij metodikasi asosida ishlab chiqilayotgan yangi oʻquv tizimi va xalqaro standartlarga mos dasturlar joriy etilayotgani qayd etildi.

3👍21❤13🔥5