Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Turkiyaning Ege universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi


2026-yil 16-fevral Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻrotboy Sharipov Turkiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ege universiteti rektori, professor, doktor Musa Alji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/132909

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤12😁2🤔1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi


“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha islohotlar dasturlari va “O'zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo'yicha davlat dasturi to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–22-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qo‘shimcha 100 mingta yangi ish o‘rnini yaratish;

🔹 mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirib, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish.

✅ Quyidagilar kasblarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor islohotlarning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

🔸 2026/2027-o‘quv yilidan 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari”ni tashkil etib, ular orqali maktab o‘quvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish;

🔸 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

🔸 hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2😁1
#talabalar #ishlanma

Namanganda talaba tomonidan “Eko qum” loyihasi yoʻlga qoʻyilmoqda


Namangan davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Umidaxon Yoʻldosheva bolalar uchun ekologik toza “Eko qum” loyihasini ishga tushirmoqda.

Mazkur mahsulot bentonit (gulvata) asosida tayyorlanib, bolalar uchun mos oʻyin qumi hisoblanadi. Loyiha maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ijodkorlik va qoʻl motorikasini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu gʻoya bilan talaba “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovida gʻoliblar safidan oʻrin olgan. Ayni paytda Namangan viloyatidagi qator bogʻchalardan “Eko qum” mahsulotiga dastlabki buyurtmalar kelib tushmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍17👏8🔥7🥰1
👍 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi global oʻzgarishlar sharoitida yanada takomillashtirildi va Prezident Farmoni bilan 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangilangan tahriri tasdiqlandi.

⚡️ Asosiy maqsadlar:

✔️ real sharoitga mos, oʻlchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
✔️ oʻrta muddatli maqsadlarni yangi global chaqiriqlarga muvofiq yangilash;
✔️strategiya ijrosi monitoringini toʻliq raqamlashtirish;
✔️soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlarining “Oʻzbekiston – 2030” bilan uygʻunlashtirish.


❗️ Strategiya ijrosi barcha masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi.

🔍“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoring quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🟢Respublika komissiyasi muvofiqlashtiradi;
🟢Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarining oʻz vaqtida hamda sifatli ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
🟢Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati bilan birgalikda monitoring yuritadi;
🟢Vazirlar Mahkamasi har oy tanqidiy koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi;
🟢har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi;
🟢Hukumat har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.

➡️ Samaradorlik koʻrsatkichlari 3 toifada baholanib, monitoring jarayoni Strategik rejalashtirish va rivojlanishning Raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Hisob palatasi har yil yakuni bilan strategiya ijrosini auditdan oʻtkazadi hamda natijalari boʻyicha axborot va takliflar kiritib boradi.


✅ Mazkur Farmon “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi strategik boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤6🤔4
#xalqaro_hamkorlik

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston rektorlarining uchinchi forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi


17-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Lutfiya Abduxoliqzoda oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi. Xususan, forumni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur va konsepsiya yuzasidan fikr almashildi.


Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/133825

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍8😁4👏2
#xalqaro_hamkorlik

“Ogʻir” mahallalar uchun master rejalar: talabalar amaliyotga jalb etiladi va treninglar tashkil etiladi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov 17-fevral kuni Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda vazirlik mutasaddilari, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mutaxassislari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ham ishtirok etdilar.

Uchrashuvda “ogʻir” mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan master rejalarni ishlab chiqish jarayoniga oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini jalb etish, ular oʻrtasida respublika miqyosida tanlov tashkil etish hamda maxsus oʻquv-amaliy treninglar oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/133827

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍15🤔2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan ta'minlanadi


Hukumatning 2026-yil 17-fevraldagi 65-son qarori bilan “Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta'minlash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, quyidagi mas'ullar tomonidan xarid uchun ariza amalga oshiriladi:

🔹 ilmiy loyihada – loyiha rahbari;

🔹 ilmiy mavzuda – ilmiy bo'linma rahbari yoki ilmiy-tadqiqot dasturida tegishli ilmiy mavzuga rahbarlik qilishi belgilangan shaxs;

🔹 dissertatsiya tadqiqotida – doktorantlarning ilmiy rahbari yoki o'zaro kelishilgan holda ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan doktorantlar biri.

⏭️ Arizada ilmiy faoliyat yo'nalishlarini ko'rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko'rsatiladi.

✔️ Ariza, maxsus axborot tizimida ma'lum bir ilmiy faoliyat yo'nalishidagi tadqiqotni bajarishga mas'ul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

⌛️ Agentlik qabul qilingan arizalar bo'yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko'rib chiqadi.

📁 Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ma'qullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/134137

👉🏻 PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍4
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Italiya rektorlari Ikkinchi forumi boshlandi


Ayni paytda Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Roma Tre universitetida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining Ikkinchi forumi oʻz ishini boshladi.

“Italiya va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida oʻtayotgan anjumanda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CRUI) hamda yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤11🔥1
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik
—
Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍9🔥8