Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Italiya #vazir_va_yoshlar #ochiq_muloqot

Rimda oʻzbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi


2026-yil 18-fevral kuni Italiyaning Rim shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning turli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bir guruh oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy muloqot davomida talabalarning taʼlim jarayoni, yashash sharoitlari, ilmiy izlanishlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashildi. Vazir yoshlarning xorijda sifatli bilim olib, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan oʻqish jarayoni, grant va stipendiya imkoniyatlari, akademik almashinuv dasturlari hamda kelgusida Oʻzbekistonda oʻz bilim va tajribalarini qoʻllash masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Vazir talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish va xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan muntazam muloqotni davom ettirish vazirlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini qayd etdi.


Uchrashuv yakunida talabalarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan malakali mutaxassislar boʻlib yetishishga chaqirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤6🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤3🔥1👏1
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Italiya akademik forumi doirasida ikki sessiyali akademik muloqotlar o‘tkazildi


2026 yil 18 fevral kuni Roma Tre universitetida O‘zbekiston va Italiya oliygohlari rektorlari forumi doirasida "Qo‘shma akademik hamkorlikka innovatsion yondashuvlar" hamda "Ilmiy hamkorlikning yangi chegaralari: ustuvor yo‘nalishlar va umumiy maqsadlar" mavzularida sessiyalar tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134470

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍6
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Italiyaning Roma Tre universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi


2026-yil 18-fevral kuni Italiya poytaxti Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Italiyaning Roma Tre universiteti rektori, professor Massimiliano Fioruchchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda gumanitar fanlar, huquq, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, tabiiy fanlar va madaniyatlararo tadqiqotlar kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134544

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5👏1