Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirig‘i_amalda

🏗 Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar infratuzilmasi yangilanmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026 yil 23 yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselktor yig‘ilishida mamlakatimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanayotgani, hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbus ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatidagi 114 ta “og‘ir” mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish uchun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalar, magistrantlar va doktorantlardan iborat 600 nafardan ortiq yosh mutaxassis saralab olingan va mahallalarga biriktirilgan.

Talabalar mahalla infratuzilmasi va ijtimoiy holatni o‘rganib, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, yashil hududlar, ijtimoiy obyektlar va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqdilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135670

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🥰2👏1😁1
Buxoroda xalqaro talabalar forumi o‘tkazildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjuman tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qildi.

Forumda yurtimizning 10 dan ortiq oliygohlar hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan yetakchi universitet jamoalari ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:
— Jarrohlik tugunlarini bog‘lash
— Jarrohlik asboblari
— Pirogov anatomiyasi
— Desmurgiya (bog‘lam va bint qo‘yish usullari)
— Simulyatorda endoskopiya
— Akusherlik
— Sun’iy qon aylanishi (AIK)
— Anesteziologiya va reanimatologiya nazariyasi
— Orotaxeal intubatsiya
— Shoshilinch ultratovush diagnostikasi

Forum doirasida ilmiy konferensiya va amaliy seminarlar ham o‘tkazilib, sohadagi so‘nggi yutuqlar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tadqiqot natijalari muhokama qilindi. Talabalar simulyatsion uskunalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tab, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.


Yakunlovchi marosimda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib deb topilgan jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga kuboklar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan jamoalar ham alohida rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥3🤔1