Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Muhandislik #TopshiriqIjrosi #Yigʻilish

Muhandislik sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi


2026-yil 23-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ixtirochilik faolligini kuchaytirish hamda sohani tizimli rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda texnika yoʻnalishidagi oliygohlar rahbarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda global raqobat, sanoatlashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakat taraqqiyoti yuqori malakali muhandis kadrlarga bevosita bogʻliq ekani taʼkidlandi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va texnologik mustaqillikni taʼminlashda muhandislik yoʻnalishi ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Joriy yil aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi.

2026-yil 28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi. Festival doirasida 39 ta yoʻnalishda musobaqa va tanlovlar, jumladan, oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida 7 ta maxsus yoʻnalishdagi tanlovlar tashkil etilishi belgilandi. Barcha oliygohlarga talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, xorijiy hamkor universitetlar orqali chet ellik ishtirokchilarni jalb etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Muhandislik boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika koʻrik-tanlovlariga tayyorgarlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi Barcha oliy taʼlim tashkilotlariga yosh muhandislarni tayyorlash, tajribali oʻqituvchi va mutaxassislarni biriktirish hamda kamida 30 tadan ishlanmani tanlovga taqdim etish vazifasi qoʻyildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/136281

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5🤔2
🇺🇸 iTEP IMTIHONI UCHUN RO‘YXATGA OLISH BOSHLANDI!

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga
olish boshlandi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik_kontrafakt

❗️Diqqat! Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling!

Kontrafakt (soxta) mahsulotni xarid qilish – sifatsiz va xavfli tovarni sotib olish bilangina cheklanmaydi, balki noqonuniy faoliyat yuritayotgan “uddaburon tadbirkorlar”ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham sabab bo‘ladi.

📣 Hurmatli iste’molchilar!

Oilangiz va yaqinlaringiz salomatligi hamda xavfsizligini o‘ylab, faqat sertifikatlangan va asl mahsulotlarni tanlang. Shubhali arzon narxlar va noma’lum savdo nuqtalariga aldanmang!

Soxtaga emas — sifatga ishoning!

2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari respublika bo‘ylab “Kontrafaktsiz oy” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
Akademik litsey o‘quvchisi AQShning nufuzli universitetiga o‘qishga qabul qilindi

Toshkent Xalqaro vestminster universiteti akademik litseyi o‘quvchisi, “Litsey iftixori” sovrindori Olloyorova Munira AQShning nufuzli Ivy League universitetlaridan biri — University of Pennsylvanianing College of Arts and Sciences (Class of 2030)ga o‘qishga qabul qilindi.

Munira to‘liq grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur stipendiya to‘rt yillik ta’lim xarajatlarini to‘liq qoplaydi va uning umumiy qiymati 348 ming AQSh dollarni tashkil etadi. Ushbu yuksak natija o‘quvchining chuqur bilimi, qat’iyati va tinimsiz mehnati, shuningdek, ustozlari hamda ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va ishonchining samarali natijasidir.

Muniraning yutug‘i o‘zbek qizlarining ilm-fan va ta’limdagi salohiyati tobora yuksalib borayotganining yorqin namunasidir.

Uning kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


#akademik_litsey #oʻquvchi_yutugʻi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍61❤29🔥29🤩9👏5
📢 Yevropa Ittifoqi grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash bo'yicha trening

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) hamkorligida “Yevropa Ittifoqining grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash” mavzusida ikki kunlik trening tashkil etilmoqda.

🗓 Sana: 2026-yil 10-11-mart
⏲ Vaqt: 10:30 - 12:30
📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti
🎙 Format: Oflayn

Treningni Milliy Erasmus+ ofisi ekspertlari va TDYU professori, yuridik fanlar doktori, Xaydarali Yunusov tomonidan olib boradi.
Ma'lumot uchun, Dr. Xaydarali Yunusov Erasmus+ Jean Monnet loyihalari tanlovining 5 karra sovrindori hamda Horizon Europe va WTO Chairs Programme grantlari g‘olibi.


🫥 Trening davomida:
🔹Grant tanlovlarida ishtirok etishning normativ va konseptual jihatlari
🔹Kuchli loyiha g‘oyasini shakllantirish
🔹Muvaffaqiyatli loyiha tayyorlashning ilmiy, amaliy, metodik, texnik va moliyaviy masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.


🗒 Tadbir barcha uchun ochiq va bepul.

Batafsil 👈

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Prezidentimiz yoshlarga oid siyosatdagi islohotlar tufayli erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Davlatimiz rahbari yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Nufuzli xorijiy oliygohlar bilan birgalikda “Yangi avlod tadbirkorlari” biznesga o‘qitish dasturi boshlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Prezidentimiz O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch bo‘lgan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat eshiklari ochib berilgan kun
—
День, когда перед нашей молодежью, являющейся экономической, социальной и политической силой, распахнулись новые двери возможностей.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
Edu.uz pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish nima va u qanday amalga oshiriladi?

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan yurtimizdagi barcha ta'lim tashkilotlarida sifatli ta'lim muhitini yaratish maqsadida xavfni tahlil qilish monitoringlari amalga oshiriladi.

Ushbu video orqali siz mazkur jarayonlar qanday amalga oshirilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🔥2