Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik_kontrafakt

❗️Diqqat! Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling!

Kontrafakt (soxta) mahsulotni xarid qilish – sifatsiz va xavfli tovarni sotib olish bilangina cheklanmaydi, balki noqonuniy faoliyat yuritayotgan “uddaburon tadbirkorlar”ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham sabab bo‘ladi.

📣 Hurmatli iste’molchilar!

Oilangiz va yaqinlaringiz salomatligi hamda xavfsizligini o‘ylab, faqat sertifikatlangan va asl mahsulotlarni tanlang. Shubhali arzon narxlar va noma’lum savdo nuqtalariga aldanmang!

Soxtaga emas — sifatga ishoning!

2026-yil 15-fevral – 15-mart kunlari respublika bo‘ylab “Kontrafaktsiz oy” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
Akademik litsey o‘quvchisi AQShning nufuzli universitetiga o‘qishga qabul qilindi

Toshkent Xalqaro vestminster universiteti akademik litseyi o‘quvchisi, “Litsey iftixori” sovrindori Olloyorova Munira AQShning nufuzli Ivy League universitetlaridan biri — University of Pennsylvanianing College of Arts and Sciences (Class of 2030)ga o‘qishga qabul qilindi.

Munira to‘liq grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur stipendiya to‘rt yillik ta’lim xarajatlarini to‘liq qoplaydi va uning umumiy qiymati 348 ming AQSh dollarni tashkil etadi. Ushbu yuksak natija o‘quvchining chuqur bilimi, qat’iyati va tinimsiz mehnati, shuningdek, ustozlari hamda ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi va ishonchining samarali natijasidir.

Muniraning yutug‘i o‘zbek qizlarining ilm-fan va ta’limdagi salohiyati tobora yuksalib borayotganining yorqin namunasidir.

Uning kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


#akademik_litsey #oʻquvchi_yutugʻi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍61❤29🔥29🤩9👏5
📢 Yevropa Ittifoqi grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash bo'yicha trening

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) hamkorligida “Yevropa Ittifoqining grant tanlovlari uchun loyihalar tayyorlash” mavzusida ikki kunlik trening tashkil etilmoqda.

🗓 Sana: 2026-yil 10-11-mart
⏲ Vaqt: 10:30 - 12:30
📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti
🎙 Format: Oflayn

Treningni Milliy Erasmus+ ofisi ekspertlari va TDYU professori, yuridik fanlar doktori, Xaydarali Yunusov tomonidan olib boradi.
Ma'lumot uchun, Dr. Xaydarali Yunusov Erasmus+ Jean Monnet loyihalari tanlovining 5 karra sovrindori hamda Horizon Europe va WTO Chairs Programme grantlari g‘olibi.


🫥 Trening davomida:
🔹Grant tanlovlarida ishtirok etishning normativ va konseptual jihatlari
🔹Kuchli loyiha g‘oyasini shakllantirish
🔹Muvaffaqiyatli loyiha tayyorlashning ilmiy, amaliy, metodik, texnik va moliyaviy masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.


🗒 Tadbir barcha uchun ochiq va bepul.

Batafsil 👈

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Prezidentimiz yoshlarga oid siyosatdagi islohotlar tufayli erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Davlatimiz rahbari yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Nufuzli xorijiy oliygohlar bilan birgalikda “Yangi avlod tadbirkorlari” biznesga o‘qitish dasturi boshlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍7🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Prezidentimiz O‘quv markazlari uyushmasini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti

Juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch bo‘lgan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat eshiklari ochib berilgan kun
—
День, когда перед нашей молодежью, являющейся экономической, социальной и политической силой, распахнулись новые двери возможностей.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤5🔥1
Edu.uz pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim tashkilotlarida xavfni tahlil qilish nima va u qanday amalga oshiriladi?

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan yurtimizdagi barcha ta'lim tashkilotlarida sifatli ta'lim muhitini yaratish maqsadida xavfni tahlil qilish monitoringlari amalga oshiriladi.

Ushbu video orqali siz mazkur jarayonlar qanday amalga oshirilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🔥2
Forwarded from Kongratbay Sharipov
Yoshlar bandligi — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

Kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimiz taraqqiyotida, ayniqsa, yoshlar siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi.

60 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etgan ushbu muloqot davlatimiz rahbari tomonidan inson kapitaliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Bugungi kunda global raqobat sharoitida iqtisodiy o‘sish, innovatsion taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omili — bilimli, tashabbuskor va band yoshlardir.

2030-yilga qadar mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlar soni 1 million nafarga yaqinlashadi. Bu demografik o‘sish mamlakatimiz uchun katta imkoniyatdir. Biroq ushbu imkoniyatni real natijaga aylantirish uchun har bir yoshni bilimli, zamonaviy kasb-hunarga ega va barqaror daromad manbaiga ega shaxs sifatida shakllantirish zarur.


Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kelajak tadbirkori” dasturi yoshlarni ish izlovchidan ish beruvchiga aylantirishga qaratilgan muhim tizimli qadamdir. Startap va innovatsion loyihalar uchun moliyaviy resurslar ajratilishi, 10 milliard so‘mgacha kredit imkoniyatlarining yaratilishi, venchur qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilishi — bu yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan aniq mexanizmlardir.

Shuningdek, “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun stajirovka tizimini yo‘lga qo‘yish va oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash tashabbusi ta’lim bilan mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlaydi. Bu qaror yosh mutaxassislarning ilk mehnat faoliyatidagi asosiy muammo — amaliy tajriba yetishmasligi masalasini hal etishga qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalari oldida ham yangi vazifalar turibdi. Universitetlar faqat bilim beruvchi muassasa emas, balki innovatsiya, tadbirkorlik va yangi ish o‘rinlari yaratuvchi markazga aylanishi lozim. Zamonaviy o‘quv-amaliy markazlar tashkil etish, dual ta’limni keng joriy etish, “spin-off” va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali oliygohlar hududiy iqtisodiy rivojlanish drayveriga aylanadi.


Shu bilan birga, yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sogʻlom turmush tarzi ham Prezidentimiz eʼtiboridan chetda qolmadi. Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini kengaytirish, talabalar ligalari, universitetlar oʻrtasidagi turnirlar, musobaqalarni tashkil etish orqali biz sogʻlom, faol va maqsadli yoshlarni tarbiyalaymiz.

Bugun mamlakatimizda 22 milliondan ziyod yoshlar bor. Bu — ulkan intellektual va mehnat salohiyati demakdir. Agar har bir yosh munosib ish o‘rniga, kasbga va o‘zini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa, o'sib kelayotgan avlod milliy taraqqiyotning eng mustahkam poydevoriga aylanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sifatida biz ushbu vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishni ustuvor maqsad deb bilamiz. Har bir oliy ta’lim tashkilotii yoshlar uchun bilim, innovatsiya va tadbirkorlik xabi bo‘lishi, bitiruvchi esa ish izlovchi emas, balki qiymat yaratuvchi mutaxassis sifatida hayotga qadam qo‘yishi shart.


Ko‘ksaroydagi muloqot — yoshlar kelajagi uchun aniq yo‘l xaritasi. Unda belgilangan tashabbuslar esa moliyaviy manba va strategik maqsadlar bilan ta’minlangan. Biz ishonamizki, ushbu qarorlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning intellektual va iqtisodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish orqali Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada jadallashtiradi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Facebook | Instagram | Telegram
❤19👍10😁1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari boshqaruv kengashlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov Britaniya Kengashi direktorining o‘rinbosari Jamila G‘ulomova hamda Buyuk Britaniyaning oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha milliy tashkiloti – Advance HEning universitet boshqaruvi bo‘yicha mutaxassisi Kim Ensell bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari boshqaruv kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning institutsional salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/136721

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍6🤩2
🎬 Kreativ yoshlar uchun yangi imkoniyat — “Debyut” loyihasi!

✅18–30 yoshdagi kreativ va tashabbuskor yoshlar uchun “Debyut” loyihasi davom etyapti.

Mazkur loyiha yoshlarning kreativ kontent yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish, vaynerlik qobiliyatini namoyon etish hamda media sohasida o‘z o‘rnini topishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Agar siz:
🖊kreativ kontent yaratishni,
📷 vaynerlik san’atini o‘rganishni,
🌍 internet olamida o‘z o‘rningizni topishni istasangiz — bu aynan siz uchun!

👩‍🏫 Darslar tajribali mentorlar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy, Kontent tayyorlash markazi
🔹 Ishtirok bepul (tushlik ham mavjud)

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: @debyutuzbot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😁1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
Janubiy Koreyada xalqaro malaka oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

WorldSkills Uzbekistan tomonidan quyidagi 10 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar Koreya Respublikasiga 20 kunlik malaka oshirishga yuboriladi.

Tanlangan kasblar:
Mechanical Engineering CAD — Mashinasozlik CAD
CNC Turning — CNC tokarlik
Plumbing and Heating — Santexnika va isitish tizimlari
Electronics — Elektronika
Web Technologies — Veb texnologiyalar
Beauty Therapy — Go‘zallik parvarishi
Fashion Technology — Moda texnologiyasi
Automobile Technology — Avtomobil texnologiyasi
Refrigeration and Air Conditioning — Sovutish va konditsioner tizimlari
IT Network Systems Administration — IT tarmoq tizimlari

Barcha xarajatlar Kasbiy ta'lim agentligi hamda homiy tashkilotlar tomonidan qoplanadi.

Kimlar qatnashishi mumkin
- 2024–2025-yillarda Koreyaga bormaganlar
- Har bir kasb bo‘yicha: 1 nafar o‘qituvchi + 1 nafar o‘quvchi

Nomzod yoshi: 18-35 yosh

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 👉 SARALASH_ANKETASI

Kasbingizni xalqaro darajaga olib chiqing, Janubiy Koreya sizni kutmoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤11👍4