Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Shvetsiya: ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi
hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2026-yil 26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Shvetsiyaning Tadqiqotlar va oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik jamg‘armasi (STINT) ijrochi direktori Andreas Gyotenberg hamda Amerika texnologiya universiteti rektori Said Irandust bilan uchrashdi.

Muloqot uzoq muddatli ilmiy hamkorlik, qo‘shma ta‘lim dasturlari, institutsional salohiyatni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish mavzulariga bag‘ishlandi.

Xususan:
🔹 Sun’iy intellekt (AI), raqamli texnologiyalar va data-driven innovatsiyalar yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqot tashabbuslarini rivojlantirish;
🔹 O‘zbekiston oliy ta’lim va ilmiy muassasalarini Yevropa tadqiqot hamda innovatsiya ekotizimlariga integratsiya qilish;
🔹 Ilg‘or raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida akademik mobillik va iste’dodlarni tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🔹 Shvetsiyaning innovatsion tajribasi asosida universitet–sanoat hamkorligining samarali modellarini joriy etish;
🔹 Ilmiy hamkorlik bilan bog‘liq innovatsion-investitsiyaviy sheriklik imkoniyatlarini o‘rganish
masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.


Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining global bilim makonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍3
#Prezident_topshirigʻi_amalda

Andijon davlat texnika instituti tomonidan mahallalarning “bosh rejasi” ishlab chiqilmoqda


Ayni kunlarda arxitektura va qurilish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari og‘ir toifadagi mahallalarni rivojlantirish, ularning infratuzilma va shaharsozlik holatini takomillashtirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda barqaror bandlikni ta’minlashga qaratilgan bosh rejalarni ishlab chiqishga keng jalb etilmoqda.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Andijon viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan jami 52 ta mahallaga Andijon davlat texnika institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari biriktirildi. Ular tomonidan har bir mahallaning mavjud holati kompleks ravishda o‘rganilib, bosh reja loyihalari ishlab chiqiladi.


Ushbu bosh rejalar doirasida ichki avtomobil yo‘llarini asfaltlash va ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash, ichimlik suvi, oqova suv, elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda, qurilish va bino-inshoot obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137072

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1🎉1
Surxondaryoda bir qator korxonalar ishga tushirilib, yangilarining qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda xorijiy investorlarning loyihalari bilan tanishdi, yangi loyihalarning faoliyati va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbariga taqdimot qilingan loyihalar viloyat iqtisodiyotining turli tarmoqlarini qamrab olgan. Uy-joy qurilishi, togʻ-kon sanoati va geologiya, yengil sanoat, oziq-ovqat, energetika, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, taʼlim, xizmat koʻrsatish hamda turizm sohalarida yangi quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutilgan.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 18 mingta yangi ish oʻrni yaratish, 82 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va buning natijasida 1 milliard 400 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilish imkoniyati paydo boʻladi.

Batafsil:
https://president.uz/oz/lists/view/8976

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍4
#Yoshlar_kuni #Tashrif

Vazirning birinchi o‘rinbosari talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Farg‘ona davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birirnchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokida “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari barchani har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, mazkur tashabbus yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma ekanini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137128

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5👏2🤔1