Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Yoshlar_kuni #Tashrif #xizmat_safari

Vazir Termiz davlat universitetida “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi


Xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Termiz davlat universitetiga tashrif buyurib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif davomida vazir talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, talaba-qizlar faol ishtirok etayotgan toʻgaraklar faoliyati koʻzdan kechirilib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137182

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍38❤19
#Yoshlar_kuni #Tashrif

Oliy taʼlim va yoshlar siyosati masalalari Fargʻona davlat universitetida muhokama etildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Fargʻona davlat universitetiga amaliy tashrif buyurib, universitet faoliyati, taʼlim sifati va yoshlar bilan ishlash yoʻnalishlarini oʻrgandi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Baxriddin Valiyev hamda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokida oliygohning ilmiy-taʼlimiy salohiyati, infratuzilmasi va rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan mehmonlar harbiy taʼlim fakulteti talabalari hamda sport yoʻnalishida faol boʻlgan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137161

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍10🔥2
#YoshlarKuni #OchiqMuloqot

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Bugun, 26-fevral kuni universitetimizda "Rahbar va Yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov talaba-yoshlarimiz bilan samimiy va ochiq muloqot qildi.

Tadbir davomida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Vazir o‘rinbosari o‘z nutqida bugungi kun muhandislari nafaqat nazariy bilimga, balki kuchli amaliy ko‘nikma va raqobatbardosh salohiyatga ega bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137214

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4🤔2😁1