Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_kontent

Milliyligimiz bu, - faqatgina tarix emas. U bugun ham yuragimizda urib turgan o‘zlik!

Men milliylikni yoqtiraman. Chunki, bu,- mening tarixim, chunki, bu-mening tilim, mening kuyim, mening so‘zlarim!

Milliylik bizniki va barchamizniki!

Bularning barchasi Farg‘ona davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan milliy kontentda mujassam.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍7🥰2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Giyohvandlik – orzularni o‘ldiradi. Kelajak-rejalar, yashashdan maqsad, insoniy fazilatlarni mahv etadi.

Ushbu videorolik Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Giyohvand moddalar yoshlarni aldov bilan o‘z domiga tortadi. Natijasi esa doim bir xil: xastalik, iztirob, yakkalanish va halokat.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5
#Prezident_topshirigʻi_amalda

Talabalar mahallalar qiyofasini yangilamoqda


Toshkent davlat texnika universitetining 4-bosqich talabalari hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy master-rejalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.

Energetika, gaz taʼminoti, kadastr, dizayn va iqtisodiyot yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalardan tashkil etilgan ishchi guruhlar tajribali professor-oʻqituvchilar rahbarligida joylarda amaliy oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Koʻhna Qoʻrgʻon mahallasi hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Yangi Oʻzbekiston va Beshbuloq mahallalarida tahlil va loyihalash ishlari amalga oshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137619

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20😁6👍3👏1
#xalqaro_hamkorlik

Samarqandda Uchinchi Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi boʻlib oʻtadi

28-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrasdi.

Uchrashuvda Jizzaxdagi qoʻshma tashabbuslar va 5–7-mart kunlari Samarqandda Silk Road International University of Tourism and Cultural Heritage bazasida oʻtadigan III Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137798

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍8😁1
#Yoshlar_kuni

O‘zDJTUda sun’iy intellekt va kibersport rivojlanmoqda


2026-yil 25–26-fevral kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sun’iy intellekt laboratoriyasi tashabbusi bilan "United in Cyber: Youth Cup" kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalla yoshlari ikki kun davom etgan bellashuvlarda strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va raqamli kompetensiyalarini namoyish etdilar.

Shu kunlarda universitet hududida "Sun’iy intellekt va kiber sport" majmuasi ish boshladi. Ochilish marosimida rektor Ilxomjon Tuxtasinov, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori, IIO FMB boshlig‘i va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Majmua yoshlarning IT bilimlarini oshirish, sun’iy intellekt va kibersportni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Musobaqa yakunida chempionlar, "Rektor kubogi" sohiblari va faol ishtirokchilar diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida ham rektor, hokim, Cyber University va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9🎉1