Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kutgan kun yaqinlashmoqda!

Sho‘v-shuvli Kelajak Muhandislari – 2026 yana qaytmoqda 😅

➡️Umumiy sovrin jamg‘armasi — 3 milliard so‘mga yaqin!
➡️9 ta yo‘nalish
➡️40 dan ortiq musobaqa


⏰28–29–30 aprel
📍Alpomish muz saroyi | Zakovat Arena

📎Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://km.edu.uz/uz

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤14👍11🔥1
#Prezident_topshirig'i #Hayʼat _yigʻilishi #seminar

Bugun Qoʻqon universitetida amalga oshirilayotgan ijtimoiy hamkorlik loyihalari, ehtiyojmand oilalar farzandlarini oʻqitish tajribasi va uni joriy etish mexanizmlariga bagʻishlangan seminar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Qoʻqon shahrida tashkil etilgan mazkur tadbirda respublikadagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etadi.

Mehmonlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida taʼlim jarayonini raqamlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍9👏2🔥1
#Prezident_topshirig‘i #seminar

Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi


Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov kirish soʻzi bilan ochib beradi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Sport vaziri Adham Ikromov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.

Seminarda 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138145

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍10🔥5🥰2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #video

Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib, qatnashchilar dastlab universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv va ilmiy infratuzilma, zamonaviy auditoriyalar hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍5😁5😱3🤔1
Talaba chayon zaharini uni nobud qilmasdan oluvchi qurilma yaratdi

Termiz davlat pedagogika instituti Biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Feruza To‘xtamurodova tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion qurilma chayon zaharini uni nobud qilmasdan olish imkonini beradi.

So‘nggi yillarda saraton kasalligi bilan og‘rish holatlari ortib bormoqda. Manbalarda chayon zahri tarkibidagi xlorotoksin moddasi rak hujayralari o‘sishini sekinlashtirishda, neyrotoksinlar esa asab kasalliklarini davolashda qo‘llanishi mumkinligi qayd etilgan. Chayonlar ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Avvallari zahar olingach, chayonlar nobud bo‘lar edi. Feruzaning qurilmasi esa elektrostimulyatsiya usuli asosida bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini beradi. Bu esa biomodda tanqisligini kamaytirish va farmatsevtika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chayon zahri xorijda 12 ming dollargacha, O‘zbekistonda esa o‘rtacha 5 ming dollar atrofida.

#ilm_innovatsiya #talaba_yutug‘i

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍72👏23❤14🔥13🎉4