#Prezident_topshirig‘i_amalda
Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar uchun master rejalar ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti tomonidan Jizzax viloyatidagi 41 ta “og‘ir” toifaga kiritilgan mahalla uchun master rejalar ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonni samarali tashkil etish maqsadida institutda maxsus shtab tuzilib, mas’ul tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ishchi guruhlar tomonidan mahallalarning hududiy rivojlanish darajasi, infratuzilma holati, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari atroflicha o‘rganilmoqda. Shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, ijtimoiy obyektlar barpo etish hamda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Jumladan, G‘allaorol tumani Sovruk MFY hududida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari hamda yuqori bosqich talabalari ishtirokida shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlanib, loyiha taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimot davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush sharoitlarini oshirishga qaratilgan quyidagi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi:🔹 Sovruk MFY uchun yangi ma’muriy bino qurish;🔹 Savdo va xizmat ko‘rsatish markazini barpo etish;🔹 Mini stadion tashkil etish;🔹 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish;🔹 Sport va madaniyat zalini barpo etish;🔹 Markaziy ko‘chani asfaltlash;🔹 Yangi ko‘prik qurish.
Shuningdek, mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida mavjud binoni rekonstruksiya qilish orqali unda gilam to‘qish sexi hamda hunarmandlar markazini tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Mazkur master reja loyihalari hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍8👏5🔥1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovini e’lon qiladi.
🏆Tanlov g‘oliblari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥1👏1
#Qonunchilik_yangiliklari
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3783, 28.02.2026-y.).
📝 Milliy reyting Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi.
✅ Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:
▪️ amaliy fanlar;
▪️ tibbiyot fanlari;
▪️ ijtimoiy-gumanitar fanlar;
▪️ ijod (sport).
⌛️ Har yili 1-noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.
🗒 Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma va xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro obro’ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.
☑️ Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi so‘rovnomada ishtirok etishi lozim.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi

👍9❤4🔥1
Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun repetitsion test sinovlari tashkil etilmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktablar bitiruvchilari uchun diagnostik (repetitsion) test sinovlari real imtihon sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilmoqda.
Shu bois tashkil etilayotgan repetitsion test sinovlari:
✅ oʻquvchilarning bilim va tayyorgarlik darajasini xolis baholash;
✅ imtihon muhiti, tartibi va texnik jarayonlariga oldindan moslashish;
✅ test formatida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish;
✅ psixologik barqarorlik va ishonchni mustahkamlash imkonini bermoqda.
Muhimi, sinovlar real imtihon sharoitida oʻtkazilayotgani abituriyentlarda hayajonni kamaytirish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va test materiallari bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktablar bitiruvchilari uchun diagnostik (repetitsion) test sinovlari real imtihon sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus nogironligi boʻlgan yoshlarning oliy taʼlimga kirish jarayonida teng imkoniyatlarini taʼminlash, ularning bilim va salohiyatini xolis baholashga xizmat qiladi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ayrim abituriyentlarning past ball toʻplashi asosan ikki omil bilan bogʻliq:✅ bilim darajasining yetarli emasligi;✅ imtihon tartib-qoidalarini bilmaslik hamda test formatida ishlash koʻnikmasining yetarlicha shakllanmaganligi (ayrim holatlarda asosiy omil).
Shu bois tashkil etilayotgan repetitsion test sinovlari:
Muhimi, sinovlar real imtihon sharoitida oʻtkazilayotgani abituriyentlarda hayajonni kamaytirish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va test materiallari bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yagona raqamli ekotizim — career.edu.uz platformasi ishga tushirildi.
Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🎓 Talaba va bitiruvchilar uchun:
• Professional rezyume yaratish
• Amaliyot va ishga onlayn murojaat qilish
• Freelance xizmat ko‘rsatish
• AI asosida rivojlanish tavsiyalari
• AI HR bilan interaktiv muloqot
🏢 Ish beruvchilar uchun:
• Vakansiyalarni tez joylashtirish
• AI orqali mos nomzodlarni aniqlash
• Amaliyot jarayonlarini boshqarish
🏛 Ta’lim tashkilotlari uchun:
• Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish
• Amaliyot shartnomalarini yuritish
• Ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish
Platforma — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi raqamli ko‘prikdir.
Bugunoq foydalanishni boshlang!

👍11❤9🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar uchun bepul maxsus sunʼiy intellekt kursi
⚜️ “ChatGPT Foundations for Teachers” kursi Coursera platformasida taqdim etilgan bo‘lib, 7 ta moduldan tashkil topgan. Kursning umumiy davomiyligi 4 soatni tashkil etadi.
⬇️ Kursda siz quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
✅ Maʼlumot uchun, ushbu kurs ingliz tilida boʻlib, tarjima bo‘limida o‘zbek tilidagi yordamchi materiallar mavjud.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
➡️ ChatGPT qanday ishlashini tushunish;➡️ Sunʼiy intellekt yordamida dars rejalari tuzish;➡️ Baholash mezonlarini ishlab chiqish, ota-onalar bilan samarali muloqot qilish kabi amaliy yo‘nalishlarda ChatGPT’dan foydalanishni o‘zlashtirasiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤7🔥1😁1
Time.gif
2.1 MB
#tanlov
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.
Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan.
Mukofotlar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi
Batafsil:↗️ https://socialpolicylab.uz/news/41
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich: Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab oladi.
2-bosqich: Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi.
Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan.
Mukofotlar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi
Batafsil:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍6🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari
🚀 Сhellenj boshlandi!
💻 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali haqidagi ilk kreativ video-rolikni Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi taqdim etdi.
Xo‘sh, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali qaysi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi? Talaba-yoshlar uchun manfaatli jihatlari nimada? Barchasiga ushbu video-rolikda javob bor.
⚙️ “Kelajak muhandislari” — bu innovatsiya, texnologiya va kreativ tafakkur maydoni. Bu yerda g‘oya — loyihaga, loyiha esa real natijaga aylanadi!
Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz

101❤71👍16🔥11🤩3🎉2
#xalqaro_hamkorlik
Ekologik xavfsizlik yoʻlida xalqaro hamkorlik: Oʻzbekiston va BRS kotibiyati uchrashuvi
2026-yil 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov BRS Secretariat Ijrochi kotibi Rolf Payet bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda BRS – Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalari doirasidagi hamkorlik, kimyoviy xavfsizlik, xavfli chiqindilarni boshqarish, barqaror rivojlanish va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138773
👉 На русском
👉 In English

❤15👍1🔥1👏1
#Zulfiya_mukofoti
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 14 nafar oliy taʼlim va ilm-fan vakillari sazovor boʻldi
Prezident qaroriga koʻra 1 nafar o‘qituvchi, 1 nafar assistent, 1 nafar kafedra xodimi, 6 nafar magistr, 5 nafar talaba-qiz a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Satniyozova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;
Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti;
Umurzoqova Mohlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;
Abduqahhorova Muslimaxon Mirzabahrom qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;
Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti;
Fayzullayeva Vazira Hamidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti magistranti;
Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;
Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi — O‘zbekiston milliy universiteti kafedra kabinet mudiri;
Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universiteti talabasi;
Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;
Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universiteti assistenti;
Shokirova Gulhayo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti;
Quronboyeva Mohinur Odilbek qizi — Urganch davlat tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi;
Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi va har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
💐 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!

❤36🔥8👍7👏4😱3