Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun repetitsion test sinovlari tashkil etilmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida maxsus maktablar bitiruvchilari uchun diagnostik (repetitsion) test sinovlari real imtihon sharoitiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holda tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus nogironligi boʻlgan yoshlarning oliy taʼlimga kirish jarayonida teng imkoniyatlarini taʼminlash, ularning bilim va salohiyatini xolis baholashga xizmat qiladi.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, ayrim abituriyentlarning past ball toʻplashi asosan ikki omil bilan bogʻliq:
✅ bilim darajasining yetarli emasligi;
✅ imtihon tartib-qoidalarini bilmaslik hamda test formatida ishlash koʻnikmasining yetarlicha shakllanmaganligi (ayrim holatlarda asosiy omil).


Shu bois tashkil etilayotgan repetitsion test sinovlari:
✅ oʻquvchilarning bilim va tayyorgarlik darajasini xolis baholash;
✅ imtihon muhiti, tartibi va texnik jarayonlariga oldindan moslashish;
✅ test formatida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish;
✅psixologik barqarorlik va ishonchni mustahkamlash imkonini bermoqda.

Muhimi, sinovlar real imtihon sharoitida oʻtkazilayotgani abituriyentlarda hayajonni kamaytirish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va test materiallari bilan ishlash malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va bitiruvchilarning amaliyot o‘tashi va ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yagona raqamli ekotizim — career.edu.uz platformasi ishga tushirildi.

Platforma quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🎓 Talaba va bitiruvchilar uchun:

• Professional rezyume yaratish
• Amaliyot va ishga onlayn murojaat qilish
• Freelance xizmat ko‘rsatish
• AI asosida rivojlanish tavsiyalari
• AI HR bilan interaktiv muloqot

🏢 Ish beruvchilar uchun:

• Vakansiyalarni tez joylashtirish
• AI orqali mos nomzodlarni aniqlash
• Amaliyot jarayonlarini boshqarish

🏛 Ta’lim tashkilotlari uchun:

• Bitiruvchilar bandligini monitoring qilish
• Amaliyot shartnomalarini yuritish
• Ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish

Platforma — ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi raqamli ko‘prikdir.

Bugunoq foydalanishni boshlang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar uchun bepul maxsus sunʼiy intellekt kursi

⚜️“ChatGPT Foundations for Teachers” kursi Coursera platformasida taqdim etilgan bo‘lib, 7 ta moduldan tashkil topgan. Kursning umumiy davomiyligi 4 soatni tashkil etadi.

⬇️Kursda siz quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
➡️ChatGPT qanday ishlashini tushunish;
➡️Sunʼiy intellekt yordamida dars rejalari tuzish;
➡️Baholash mezonlarini ishlab chiqish, ota-onalar bilan samarali muloqot qilish kabi amaliy yo‘nalishlarda ChatGPT’dan foydalanishni o‘zlashtirasiz.


✅Maʼlumot uchun, ushbu kurs ingliz tilida boʻlib, tarjima bo‘limida o‘zbek tilidagi yordamchi materiallar mavjud.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤7🔥1😁1
Time.gif
2.1 MB
#tanlov

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi!


Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. 

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 

1-bosqich: Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab oladi.

2-bosqich: Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi.

Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan.

Mukofotlar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin – Noutbuk
🥈 2-o‘rin – Planshet
🥉 3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi

Batafsil: ↗️ https://socialpolicylab.uz/news/41

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍6🔥1😁1
Edu.uz pinned a file
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

🚀 Сhellenj boshlandi!


💻 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali haqidagi ilk kreativ video-rolikni Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi taqdim etdi.

Xo‘sh, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali qaysi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi? Talaba-yoshlar uchun manfaatli jihatlari nimada? Barchasiga ushbu video-rolikda javob bor.

⚙️ “Kelajak muhandislari” — bu innovatsiya, texnologiya va kreativ tafakkur maydoni. Bu yerda g‘oya — loyihaga, loyiha esa real natijaga aylanadi!

Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
101❤71👍16🔥11🤩3🎉2
#xalqaro_hamkorlik

Ekologik xavfsizlik yoʻlida xalqaro hamkorlik: Oʻzbekiston va BRS kotibiyati uchrashuvi


2026-yil 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov BRS Secretariat Ijrochi kotibi Rolf Payet bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda BRS – Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalari doirasidagi hamkorlik, kimyoviy xavfsizlik, xavfli chiqindilarni boshqarish, barqaror rivojlanish va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138773

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍1🔥1👏1
#Zulfiya_mukofoti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 14 nafar oliy taʼlim va ilm-fan vakillari sazovor boʻldi


Prezident qaroriga koʻra 1 nafar o‘qituvchi, 1 nafar assistent, 1 nafar kafedra xodimi, 6 nafar magistr, 5 nafar talaba-qiz a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Satniyozova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti;

Umurzoqova Mohlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;

Abduqahhorova Muslimaxon Mirzabahrom qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;

Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti;

Fayzullayeva Vazira Hamidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti magistranti;

Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;

Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi — O‘zbekiston milliy universiteti kafedra kabinet mudiri;

Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universiteti talabasi;

Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;

Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universiteti assistenti;

Shokirova Gulhayo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti;

Quronboyeva Mohinur Odilbek qizi — Urganch davlat tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi;

Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi va har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

💐Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36🔥8👍7👏4😱3
#eʼtirof

Prezident tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan xotin-qizlar e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.

Ular orasida Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari ham e’tirof etildi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Kariyeva Bernara Rahimovna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori.

“Do‘stlik” ordeni bilan

Urunbayeva Gulchehraxon Shokirovna
— Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professori.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Usmonova Xurinisa Sharapovna — Namangan davlat universiteti professori.

💐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi e’tirofga sazovor bo‘lganlarni chin dildan tabriklaydi!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏9🎉4👍1🔥1
❗️Homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talaba qizlarga taʼlimni davom ettirish imkoniyati yaratiladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish yuzasidan takliflar va yangi tashabbuslar bilan tanishdi.

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8987

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤18🔥5👏3