#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar oʻtkazildi
Samarqand shahrida oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida zamonaviy oliy taʼlimni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan parallel sessiyalar boʻlib oʻtdi.
Mazkur sessiyalar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashish uchun muhim maydon boʻldi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Birinchi sessiya “Sunʼiy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash: innovatsion taʼlim modellari va xalqaro tajriba” hamda universitetlar oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma laboratoriyalar va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlandi. Sessiya davomida oliy taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro tajribani keng qoʻllash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ikkinchi sessiya “Tadqiqotdan tijoratlashtirishgacha: yoshlar innovatsiyasi, startaplar va texnologiyalar transferi” mavzusiga bagʻishlandi. U yoshlar innovatsiyasi, startaplar, texnologiyalar transferi hamda universitet–sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi. Unda innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda talabalar startaplarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.
Mazkur sessiyalar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashish uchun muhim maydon boʻldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤6😁4🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Samarqandda Oʻzbekiston–Vengriya taʼlim va ilmiy sohada hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar qoʻshma PhD dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish, sunʼiy intellekt va raqamli tibbiyot, biotexnologiya va farmakologiya, suv resurslarini boshqarish va ekologiya, mexatronika va robototexnika kabi ustuvor yoʻnalishlarda akademik hamkorlikni kuchaytirish hamda qoʻshma ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot chogʻida ikki mamlakat oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda Oʻzbekiston va Vengriyaning 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida amaliy hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasida oʻzbekistonlik talabalar uchun ajratiladigan taʼlim grantlari soni 30 tadan 200 tagacha oshirilgani ikki mamlakat taʼlim hamkorligining muhim natijalaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Tomonlar qoʻshma PhD dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish, sunʼiy intellekt va raqamli tibbiyot, biotexnologiya va farmakologiya, suv resurslarini boshqarish va ekologiya, mexatronika va robototexnika kabi ustuvor yoʻnalishlarda akademik hamkorlikni kuchaytirish hamda qoʻshma ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5🔥1👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
"Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi Uchinchi O‘zbekiston va Vengriya rektorlar forumidan videolavha
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
"Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi Uchinchi O‘zbekiston va Vengriya rektorlar forumidan videolavha
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9😱3🔥2👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident oliy ta’lim va ilm-fan sohalarida farmatsevtika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud salohiyat hamda erishilgan natijalar haqida to‘xtalib, sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Bugungi kunda farmatsevtika yo‘nalishidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda.
Lekin sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi.
Ushbu institut “Toshkent farma park”da joylashadi va olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun park hududida klinikoldi tadqiqotlarini o‘tkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi. Shuningdek, 250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi.

👍11❤3🔥1👏1
Yig‘ilishda qayd etilganidek, Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-o‘qituvchilari ham ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib boradi.
Oliygoh talabalari esa bu yerdagi korxonalarda dual-ta’lim asosida o‘qib, ishlaydi.
Sohadagi olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati Farmatsevtika jamg‘armasidan kompensatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, korxonalar mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, ularga ushbu tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi.
Yig‘ilishda farmatsevtika korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

❤15👍3🔥1
#Yoshlar_kuni #o‘rganish
Vazirning birinchi o‘rinbosari Urganch davlat universiteti faoliyatini o‘rgandi
5-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida ishchi guruh xizmat safari bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bo‘ldi.
O‘rganish davomida universitetning Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlaridagi laboratoriya va o‘quv infratuzilmasi, arxitektura loyihalari, avtomobil va transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139610
👉 На русском
👉 In English

👍18❤11👏4😁3🤔1