Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_forum #Toshkent #O'zbekiston_Vengriya

O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida hamkorlikda oliy tibbiy ta’lim sohasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi


O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida Vengriyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng Toshkent davlat tibbiyot universitetida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar oliy tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda akademik almashinuv sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni kengaytirish hamda universitetlar o‘rtasida professional almashinuvni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida Budapesht shahrida joylashgan Semmelweis universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.


Mazkur hamkorlik tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda tibbiyot sohasida xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (2–7-mart kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti

➖ Samarqandda Uchinchi Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi boʻlib oʻtadi;
➖O‘zDJTUda sun’iy intellekt va kibersport rivojlanmoqda;
➖Oliy ta’lim boshqaruvini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi;
➖Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi;
➖Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar uchun master rejalar ishlab chiqilmoqda;
➖Ekologik xavfsizlik yoʻlida xalqaro hamkorlik: Oʻzbekiston va BRS kotibiyati uchrashuvi;
➖Samarqandda O‘zbekiston-Vengriya rektorlarining uchinchi forumi;
➖Xalqaro taʼlim masalalari Vestminster universitetida muhokama qilindi;
➖Iste’dod, izlanish va muvaffaqiyat yo‘li: Jenisbek Piyazov yoshlar bilan uchrashdi;
➖Vazirning birinchi o‘rinbosari Urganch davlat universiteti faoliyatini o‘rgandi;
➖Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi;
➖E'zoz va e'tirof: Xalqaro xotin-qizlar kunida ayollarga ehtirom ko‘rsatildi;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13😁4👍1🔥1
Muhtaram ayollar va aziz qizlar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Yurtimizda ilm-fan, taʼlim, innovatsiya va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni va nufuzi tobora ortib bormoqda. Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan olima ayollar, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va tashabbuskor talaba-qizlar mamlakatimiz intellektual salohiyatini yuksaltirishda, yangi gʻoya va tashabbuslarni ilgari surishda munosib hissa qoʻshmoqda.

Sizlarning bilimingiz, zakovatingiz, mehringiz va fidoyiligingiz jamiyatimizda maʼrifat va taraqqiyot muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu qutlugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hayotingiz doimo quvonch, baxt va farovonlikka toʻla boʻlsin.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak boʻlsin!🌺🌺🌺

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤41👍5🔥1
#Dayjest #8mart

Bahoriy goʻzallik va ezgulik timsoli boʻlgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

➖ Jizzax politexnika instituti.

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti.

➖ Namangan davlat univerasiteti.

➖ Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti.

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti.

➖ Guliston davlat universiteti.

➖ Qarshi davlat universiteti.

➖ SamDU Urgut filiali.

➖ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti.

➖ Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti.

➖ Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali.

➖ Andijon davlat chet tillari instituti.

➖ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.

➖ Buxoro davlat universiteti.

➖ Angren universiteti.

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

➖ Toshkent davlat agrar universiteti.

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.

➖ Toshkent davlat texnika universiteti.

➖ Navoiy davlat universiteti.

➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti.

➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.

➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.

➖ Nukus davlat pedagogika instituti.

➖ Urganch davlat pedagogika instituti.

➖ Urganch davlat universiteti.

➖ Namangan davlat pedagogika instituti.

➖ O‘zMU Jizzax filiali.

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti.

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

➖ SamDVMChBU Nukus filiali.

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti.

➖ Andijon davlat pedagogika instituti.

➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti.

➖ Qoraqalpoq davlat universiteti.

➖ Buxoro davlat texnika universiteti.

➖ Toshkent davlat transport universiteti.

➖ Samarqand davlat chet tillar instituti.

➖ Andijon davlat universiteti.

➖ Samarqand davlat universiteti.

➖ O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.

➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti.

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti.

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

➖ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

➖ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.

➖ Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.

➖ Farg‘ona davlat universiteti.

➖ O‘zDJTSU Nukus filiali.

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

➖ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.

➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.

➖ Alfraganus universiteti.

➖ Toshkenet davlat sharqshunoslik universiteti.

➖ Termiz davlat universiteti.

➖ Milliy rassomlik va dizayn instituti.

➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti.

➖ TITU Namangan filiali.

➖ Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti.

➖ Profi universiteti.

➖ О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.

➖ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.

➖ Buxoro davlat tibbiyot instituti.

➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti .

➖ Qo‘qon universiteti.

➖ Geologiya fanlari universiteti.

➖ TATU Samarqand filiali.

➖ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.

➖ O‘zDXA Urganch filiali.

➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti.

➖ “TIQXMMI’’ Milliy tadqiqot universiteti.

➖ University of Business and Science.

➖ Toshkent davlat yuridik universiteti.

➖ TDTU Termiz filiali.

➖ TKTI Yangiyer filiali.

➖ Turin politexnika universiteti.

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.

➖ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.

➖ Olmaliq davlat texnika instituti.

➖ Adju universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍7🔥2
Vazir Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 3-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

7-mart kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan 3-son texnikumda boʻlib, muassasada amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari, shuningdek taʼlim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida texnikum rahbariyati tomonidan muassasaning faoliyati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Unda texnikumda 417 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgani, ularga 25 nafar pedagog hamda 10 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasi dars berayotgani maʼlum qilindi.

2025-yil yakunlariga koʻra texnikumda taʼlim sifati koʻrsatkichlari boʻyicha muayyan natijalarga erishilgan. Xususan, oʻquvchilarning bandlik darajasi 82,6 foizni tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich boʻyicha muassasa viloyatda 5-oʻrinni egallagan.

Vazir texnikumdagi amaliyot ustaxonalari faoliyati bilan ham tanishdi. Jumladan, oʻquvchilarning tikuvchilik va pazandachilik yoʻnalishlarida amaliy koʻnikmalarni egallashi uchun tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish xonalaridagi mashgʻulotlar koʻzdan kechirildi. Ushbu ustaxonalarda oʻquvchilar kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlab, kelgusida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni egallamoqda.

Shuningdek, 2026-yilda texnikumda taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oshirish, dual taʼlim ulushini kengaytirish, yangi kasb yoʻnalishlarini joriy etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha rejalar belgilab olingani taʼkidlandi.


Shuningdek, Q.Sharipov texnikumda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, taʼlim sifatini oshirish, dual taʼlimni kengaytirish, oʻquvchilarning amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini yanada koʻpaytirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥2👏1😁1