Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rektorlar #transformatsiya

Samarqandda rektorlar ishtirokida oliy taʼlimni transformatsiya qilish masalasi muhokama qilindi


2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida respublika oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Sirojev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov farmon loyihasining strategik ahamiyati, uning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan yangilashdagi oʻrni hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, mazkur hujjat orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangani taʼkidlandi.

Yigʻilishda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldashev hamda vazirning birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov farmon loyihasining asosiy yoʻnalishlari, uni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Taqdimotda universitetlar boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim sifati baholash tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantirish, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlashga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Muhokamalar konstruktiv ruhda oʻtdi. Rektorlar tomonidan farmon loyihasida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirish, oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligini kuchaytirishga doir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar farmon loyihasini yanada takomillashtirish va uning amaliy samaradorligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤10😁4🤔2😱1
#Samarqand #YashilMakon

“Yashil oliygoh” tanlovi gʻolibiga BYD Chazor elektromobili topshirildi


Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida boʻlib oʻtgan yigʻilish doirasida respublika oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yashil oliygoh” tanlovi gʻolibi taqdirlandi. Ekologik barqarorlikni taʼminlash, yashil texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan mazkur tanlovda Jizzax politexnika instituti gʻolib deb topildi.

Ekologik masʼuliyatni taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qarayotgan institut jamoasiga Prezident sovgʻasi sifatida BYD Chazor elektromobili taqdim etildi.

Taʼkidlash joizki, oliygoh hududidagi 24 gektar maydonning 21 gektarida 22 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilib, keng koʻlamli yashil hudud barpo etilgan. Shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilib, suv resurslaridan samarali foydalanish taʼminlangan. Institutda quvvati 650 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning oʻzida elektr energiyasi isteʼmoli 67 foizga qisqartirildi.


Shuningdek, tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududiga daraxtlar ekildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤10🤔1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robot-sapyor musobaqasi haqida bilasizmi?

“Kelajak muhandislari” festivali doirasida o‘tkazilayotgan Robot-sapyor musobaqasida yosh muhandislar o‘zlari yaratgan robotlarni sinovdan o‘tkazadi.

Ular murakkab to‘siqlardan o‘tib, zararli jismlarni aniqlash va zararsizlantirish vazifasini bajaradi.

Bu texnologiyalar kelajakda qutqaruv operatsiyalarida inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.


Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
🌐 https://muhandis.edu.uz

#Kelajak_muhandislari #Robototexnika #innovatsiya

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍9🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Chellenj davom etadi!

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi kreativ video-roliklar chellenji davom etmoqda. Ushbu tashabbusga javoban Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi ham chellenjni qabul qiladi hamda barcha talaba-yoshlarni ushbu nufuzli festivalda faol ishtirok etishga chorlaydi.

“Kelajak muhandislari” — bu innovatsiya, zamonaviy texnologiyalar va kreativ tafakkurni birlashtiruvchi xalqaro maydon bo‘lib, unda yoshlarning ilg‘or g‘oyalari amaliy loyihalarga, loyihalar esa real natijalarga aylanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Festival talaba-yoshlar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi texnologik yechimlar ustida ishlash hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Xalqaro festival haqida batafsil ma’lumot: https://km.edu.uz/uz

Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari — kelajak muhandislari safida!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari qiymati 2 milliard 700 million dollarlik ushbu loyiha shunchaki korxona emas, balki mamlakatimiz sanoat qudratini yanada mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarimizni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekanini ta’kidlar ekan, tog‘-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xorijiy hamkorlar bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani
ham eng katta yutuqlardan biri bo‘lgani qayd etildi.

Xususan, Olmaliqda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti” universiteti filiali (“MISiS”), Olmaliq texnika instituti, Toshkent shahrida Geologiya fanlari universiteti (Uxan geologiya universiteti bilan hamkorlikda) hamda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil qilindi.

Navoiy konchilik texnologiyalari universitetida ham Rossiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Chilining ilg‘or oliygohlari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu oliygohlarda yiliga 2,5 mingga yaqin tor soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Natijada ilgari qimmatbaho va rangli metallar asosan xomashyo shaklida eksport qilingan bo‘lsa, bugun yiliga 100 ming tonna mis o‘zimizda qayta ishlanib, yuqori qiymatli mahsulot yaratilmoqda, qisqa muddatda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 3,3 karra o‘sib, 13 trillion so‘mdan oshdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍14
#AQSh_talabalar_Oʻzbekiston

AQShda tahsil olayotgan xalqaro talabalar O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi


Mamlakatimizda xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tahsil olayotgan bir guruh xalqaro talabalar O‘zbekistonda mehmon bo‘ldilar.

Safar davomida yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, oliy ta’lim tizimidagi qator yangilanishlar, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, muassasa faoliyati, Movarounnahr zamini kashf etgan buyuk allomalar merosi hamda islom dunyosining jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Markazda hayotga tatbiq etilayotgan yirik ilmiy-ma’rifiy loyihalar xorijlik yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu muloqotlar doirasida talabalar uchun milliy madaniyatimizni bevosita his etish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ham tashkil etildi. Xususan, mehmonlar xalqimizning boy gastronomik an’analari bilan yaqindan tanishib, betakror milliy taomlarimizdan tatib ko‘rishdi. Bu jarayon ular uchun O‘zbekistonning chinakam mehmondo‘stlik ruhini va ko‘p asrlik qadriyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

Umuman olganda, mazkur voqelik xalqaro talabalarning O‘zbekiston haqidagi bilim va tasavvurlarini tubdan boyitishga, shuningdek, ta’lim hamda madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga zamin yaratishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Dasturga muvofiq, xorijlik yoshlarning navbatdagi manzili qadimiy Samarqand hamda Buxoro shaharlari bo‘ladi. Ushbu ko‘hna kentlarda ular betakror me’moriy obidalar, tarixiy qadamjolar va xalqimizning ko‘p asrlik boy madaniy merosi bilan bevosita tanishib, Sharq sivilizatsiyasi beshigi bo‘lgan diyorimiz tarixi haqidagi taassurotlarini yanada boyitishlari rejalashtirilgan. Shuningdek, mehmonlar yurtimizda keng nishonlanadigan Navro‘z umumxalq bayrami tantanalarida ham ishtirok etib, xalqimizning bahoriy shodiyonalari va milliy urf-odatlarining bevosita guvohiga aylanadilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8🔥4