Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.


Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹 21-mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

🔹 22-mart (yakshanba) – dam olish kuni;

🔹 23-mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍10
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #yigilish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5🔥1
#tanishtiruv

Fargʻona davlat texnika universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

18-mart kuni Fargʻona davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i Inatillo Nematov, Farg'ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Tojiyev Rustambek Rasulovich Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlarni kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan keng qamrovli muhokamalar olib borildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍27❤12👏6
WikiSfera — tilimizga rang qo‘shing!

🔈 O‘zbek tilining rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan barchani 24–29-mart kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da o‘tkaziladigan "WikiSfera" oromgohiga taklif qilamiz.

🏕 Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 16–19-mart kunlari @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Dastur haqidagi to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin — WikiSfera

🔥 Tez orada oromgohda ko‘rishguncha!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤5👍4🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Olmaliq davlat texnika instituti “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali sari dadil qadam tashlamoqda!

Bugun texnologiya va innovatsiya davrida haqiqiy muhandis bo‘lish — bu bilim, kreativ fikrlash, tashabbus va jasorat demakdir. Aynan shu ruhni o‘zida mujassam etgan “Kelajak muhandislari” festivali doirasidagi kreativ video-roliklar chellenji ODTI jamoasi tomonidan katta ishtiyoq bilan qabul qilindi.


🚀 Biz tayyormiz!
Olmaliq davlat texnika instituti yosh muhandislari o‘z g‘oyalari, loyihalari va kreativ yondashuvlari bilan ushbu xalqaro maydonda o‘z so‘zini aytishga shay.

💡 Agar Siz ham:
— innovatsion fikrlarga boy bo‘lsangiz,
— zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni istasangiz,
— o‘z loyihangizni real natijaga aylantirmoqchi bo‘lsangiz,

unda bu imkoniyat aynan Siz uchun!

👩‍👩‍👧‍👦 “Kelajak muhandislari” — bu kelajakni bugundan qurayotgan yoshlar maydoni!

⏳ Fursatni boy bermang, safimizga qo‘shiling va o‘z g‘oyangiz bilan kelajakni yarating!

🌐 Batafsil: https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍10🔥4