Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #yigilish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍5🔥1
#tanishtiruv

Fargʻona davlat texnika universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

18-mart kuni Fargʻona davlat texnika universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i Inatillo Nematov, Farg'ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Tojiyev Rustambek Rasulovich Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani jamoaga rasman e’lon qilindi.

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlarni kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan keng qamrovli muhokamalar olib borildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍27❤12👏6
WikiSfera — tilimizga rang qo‘shing!

🔈 O‘zbek tilining rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan barchani 24–29-mart kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da o‘tkaziladigan "WikiSfera" oromgohiga taklif qilamiz.

🏕 Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 16–19-mart kunlari @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Dastur haqidagi to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin — WikiSfera

🔥 Tez orada oromgohda ko‘rishguncha!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤5👍4🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Olmaliq davlat texnika instituti “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali sari dadil qadam tashlamoqda!

Bugun texnologiya va innovatsiya davrida haqiqiy muhandis bo‘lish — bu bilim, kreativ fikrlash, tashabbus va jasorat demakdir. Aynan shu ruhni o‘zida mujassam etgan “Kelajak muhandislari” festivali doirasidagi kreativ video-roliklar chellenji ODTI jamoasi tomonidan katta ishtiyoq bilan qabul qilindi.


🚀 Biz tayyormiz!
Olmaliq davlat texnika instituti yosh muhandislari o‘z g‘oyalari, loyihalari va kreativ yondashuvlari bilan ushbu xalqaro maydonda o‘z so‘zini aytishga shay.

💡 Agar Siz ham:
— innovatsion fikrlarga boy bo‘lsangiz,
— zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni istasangiz,
— o‘z loyihangizni real natijaga aylantirmoqchi bo‘lsangiz,

unda bu imkoniyat aynan Siz uchun!

👩‍👩‍👧‍👦 “Kelajak muhandislari” — bu kelajakni bugundan qurayotgan yoshlar maydoni!

⏳ Fursatni boy bermang, safimizga qo‘shiling va o‘z g‘oyangiz bilan kelajakni yarating!

🌐 Batafsil: https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍10🔥4
Prezident Ishtixondagi xalqaro kollej qurilishiga start berdi

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlab berdi.

Xususan, shunday loyihalardan biri Ishtixon tumanidagi Samarqand xalqaro kolleji bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasiga Xitoy davlati tomonidan 40 mln dollar investitsiya kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Samarqandda Avstriya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Hindiston va Rossiya bilan hamkorlikda 2 milliard 400 million dollarlik 53 ta loyiha ishga tushdi.

Shuningdek, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda 4 milliard 600 million dollarlik 53 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 18 mingta yangi ish o‘rni yaratish, 13 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va buning natijasida 700 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

#Prezident #Samarqand #start

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤18👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_talim #Madaniy_tadbir

Iste'dodli yoshlar — milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi!

Kasbiy ta’lim tizimidagi iqtidorli yoshlar tomonidan Toshkent Shimoliy vokzalida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Respublika musiqa va san’at texnikumi o‘quvchilari jonli chiqishlar orqali yurtimizning boy madaniy merosi, betakror urf-odatlari va milliy an’analarini namoyish etdilar. Milliy kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari hamda an’anaviy san’at namunalari yo‘lovchilar va yurtimiz mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning iste’dodini namoyon etish, qo‘llab-quvvatlash bilan birga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosga ehtirom ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍15❤7🔥6👏2
Vazir Samarqandda “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi

Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov hamrohligida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda texnikum o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan tadbirida qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/144274

👉 На русском
👉 In English

#xizmat_safari #vazir #Samarqand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍11😁1